MediaTek Dimensity 9000 hamda Snapdragon 8 Gen1 chiplari taqqoslab ko‘rildi

MediaTek Dimensity 9000 hamda Snapdragon 8 Gen1 chiplari taqqoslab ko‘rildi

MediaTek Dimensity 9000 chipi turli xil benchmarklarda testdan o‘tdi. Uning natijalari esa Qualcomm'ning Snapdragon 8 Gen1 chipi bilan taqqoslandi. 

O‘QING: GeekBench Galaxy A53 5G'ning texnik jihatlarini oshkor qildi 

Qisqa qilib aytganda, CPU bo‘yicha Dimensity 9000 chipi, GPU borasida esa Snapdragon 8 Gen1 ustun kelgan. 

Dastavval, chip AnTuTu'dan testdan o‘tdi va 1,017,488 ballni qo‘lga kiritdi. Avvalroq ushbu chipga ega bo‘lgan smartfon bir milliondan oshiq ballni to‘play olgan edi. Snapdragon 8 Gen1 chipiga to‘xtaladigan bo‘lsak, ushbu chip bilan jihozlangan realme GT 2 Pro qurilmasi ham bir milliondan oshiq ballni qo‘lga kirita olgan edi. 

Keyinchalik, Dimensity 9000 chipi GeekBench'da testdan o‘tkazildi. Bir yadroli testda chip 1273 ball, ko‘p yadroli testda esa 4323 ballni qo‘lga kiritdi. Taqqoslash uchun, Snapdragon 8 Gen1 chipi bilan jihozlangan Galaxy S22 Ultra bir yadroli testda 1219 ball, ko‘p yadroli testda esa 3154 ballni qo‘lga kiritgan edi. 

Bunday tafovutga nima sabab bo‘lgan? Xo‘sh, agar CPU yadrolariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, Dimensity 9000 chipi bitta 3.05 gigagertsli Cortex-X2, uchta 2.85 gigagertsli Cortex--A710, to‘rtta 1.8 gigagertsli A510 yadrolaridan tashkil topgan. 

Snapdragon esa bitta 3.0 gigagertsli Cortex-X2, uchta 2.5 gigagertsli Cortex-A710, to‘rtta 1.8 gigagertsli A510 yadrolaridan tashkil topgan. Ko‘rinib turibdiki, o‘rta klasterdagi nisbatan kuchliroq yadrolar Dimensity chipining ko‘proq ball to‘plashiga sabab bo‘lgan. 

GFXBenc v3.0 Manhattan benchmarkida chipining grafik protsessor qismi 238 kadr/sekund yangilanish chastotasini qayd etdi. Ushbu testda esa Snapdragon 8 Gen1 chipi 267 kadr/sekund chastotani qayd etgan edi. GFXBenc 3.1 versiyasida esa Dimensity 162 kadr/sekund, Snapdragon 176 kadr/sekund chastotani qayd etdi.  

O‘QING: Samsung besh yil avval ishlab chiqarilgan smartfonga dasturiy ta’minot yangilanishni jo‘natmoqda 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.