MediaTek eng arzon 5G-smartfonlar va flagmanlar uchun, jami to‘rtta 5G-protsessor taqdim etyapti

  •   DiMaX
  •  668
  •  29.04.2020 11:01

MediaTek eng arzon 5G-smartfonlar va flagmanlar uchun, jami to‘rtta 5G-protsessor taqdim etyapti

Tayvanlik chipsoz – MediaTek kompaniyasi kelasi haftada onlayn taqdimot marosimi o‘tkazishini e’lon qildi. Ushbu tadbir tafsilotlari rasman e’lon qilinmagan, ammo Digital Chat Station nikli insayder uning to‘rtta mobil protsessor tayyorlayotganini aytmoqda.

O‘QING: Dunyodagi eng kuchli smartfon, protsessor va proshivkalar TOP-o‘ntaliklari (Master Lu reytinglari, 2020 yil 1-chorak)

7 may kuni o‘tkazilayotgan onlayn konferensiya rasmiy tizerida MediaTek bittagina yozuv ishlatgan – «Barcha uchun 5G». Shunga ko‘ra, u beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi yangi chipsetlarini namoyish etishi kerak.

Digital Chat Station bergan ma’lumotlarga ko‘ra, MediaTek hozirda to‘rtta yangi protsessor ustida ishlamoqda. Bulardan ikkitasi – o‘tgan yilgi Dimensity 1000 hamda Dimensity 800 modellarining yaxshilangan versiyalari bo‘lib, asosan ishlash chastotasining oshirilganligi bilan originallaridan farq qiladi.

O‘QING: Birinchi «o‘ldirib bo‘lmas» 5G-smartfon eng kuchli protsessorga ham ega!

MediaTek yana arzon smartfonlar uchun boshlang‘ich darajali MT6853 protsessorini ham tayyorlamoqda. Va nihoyat, u o‘zining yangi flagman chipseti – Dimensity 2000 modeli ustida ishlayapti. Dimensity 1000 davomchisi bo‘lgan mazkur protsessor haqida ma’lumotlar yo‘q, ammo u tayvanlik chipsozning eng qudratli ishlanmasi bo‘lishi aniq. Lekin aynan 7 maydagi tadbirda shu chipsetlar namoyish etilishi hozircha so‘roq ostida.

Ushbu mavzuda, eng arzon telefonlarning chiplari haqidagi maqolamizni mana bu, hamyonbop smartfonlarning protsessorlari to‘g‘risidagi maqolamizni mana bu, o‘rta narxli modellar chipsetlari xususidagi maqolamizni esa mana bu havolalar orqali o‘tib o‘qishingiz mumkin.

O‘QING: AnTuTu reytingi: Samsung, Huawei, MediaTek va Qualcomm – qay biri eng zo‘r?