MediaTek kompaniyasi boyishni davom etmoqda

MediaTek kompaniyasi boyishni davom etmoqda

Tayvanning MediaTek kompaniyasi o‘tgan yil davomida katta foydaga ega bo‘ldi. Dimensity 8000 va Dimensity 9000 chiplarini taqdim etilishi bilan smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ularga xaridor bo‘lishni boshladilar.

Oppo, vivo, OnePlus, Xiaomi va Honor kabi kompaniyalar ushbu chiplar bilan jihozlangan smartfonlarni taqdim etdilar. Chiplarining xaridorbopligi sabab kompaniyaning yillik daromadi 33% ga oshdi. 

MediaTek o‘zining may oyidagi daromadi taxminan 1.75 milliard dollar bo‘lganini ma’lum qildi, bu aprel oyidan 1% ga kam, lekin o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 26% ga ko‘p deganidir. Shuningdek, daromad ketma-ket uch oy davomida 1.68 milliard dolladan oshdi. Yilning birinchi besh oyida kompaniyaning daromadi 33% ga o‘sib, 8.32 milliard dollarni tashkil etdi.

MediaTek bu tendensiya iyun oyigacha davom etadi deb o‘ylamaydi. Daromad biroz kamayishi kutilmoqda, chunki smartfon bozori global inflyasiya sabab narxlar va ta’minot zanjirlarini moslashtirishga o‘tishni boshlaydi. Shu sababli smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyalar buyurtmalarni kamaytirishi kutilmoqda.

O‘QING: Internetga ulanish bo‘yicha mamlakatlar indeksi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!