MediaTek kompaniyasi yangi Dimensity 1050 chipini taqdim etdi

MediaTek kompaniyasi yangi Dimensity 1050 chipini taqdim etdi

MediaTek mmWave 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydigan birinchi chipset — Dimensity 1050 ni e’lon qildi. Bu chip Sub-6GHz va mmWave standartlari o‘rtasida oson o‘tish orqali uzluksiz ulanish imkonini beradi.  

Chip 6 nanometrli jarayonda asosida yaratilgan bo‘lib, 2022 yilning 3-choragida ushbu chipga ega bo‘lgan smartfonlar sotuvga chiqadi. 

Dimensity 1050 sakkiz yadroli bo‘lib, u 2.5 gigagertsli ikkita Cortex-A78, 2.0 gigagertsli oltita Cortex-A55  hamda Mali-G610 MC3 grafik protsessoriga ega. 

MediaTek byudjet va o‘rta toifadaga smartfonlar uchun ikkita yangi chiplarni ham e’lon qildi. Ulardan biri Dimensity 930 bo‘lib, u 920 modeliga qaraganda HDR10+ va 120 gerts Full HD+ displeylarni qo‘llab-quvvatlaydi. Ikkinchisi Helio G99 bo‘lib, u 12 nanometr o‘rniga 6 nanometrli jarayon asosida yaratilgan.  

O‘QING: Mi Band 7 smart bilaguzugi taqdim etildi