MediaTek o'rta darajadagi smartfonlar uchun 200MP kamera sensorini qo'llab-quvvatlaydigan chipset chiqardi

MediaTek o'rta darajadagi smartfonlar uchun 200MP kamera sensorini qo'llab-quvvatlaydigan chipset chiqardi

MediaTek kompaniyasi o'rta darajadagi smartfonlar uchun o'zining yangi chipseti, Dimensity 1080'ni chiqardi – Dimensity 920 davomchisi yaxshilangan samaradorlik va kattaroq kamera qo'llab-quvvatlanishiga ega.

Dimensity 1080 chipsetining eng e'tiborli xususiyatlaridan biri shundaki, Imagiq ISP bilan u endi 200MP kamera sensori (avvalgisi 108MP edi) bilan olingan tasvirlarni qo'llab-quvvatlay oladi. Shuningdek, chipset HDR rejimida videolarni 4K'gacha bo'lgan sifatda olishi yaxshilanganligi aytilmoqda, lekin bu Dimensity 1080 uchun yangilik emas.

Ma'lum bo'lishicha, sakkiz yadroli Dimensity 1080 chipseti ikkita Arm Cortex-A78 bilan 2.6 gigagerts (avvalgisi 2.5 gigagerts edi) chastotada ishlashga yaxshilangan. TSMC tomonidan ishlab chiqarilishi aytilayotgan 6 nanometrli chipset Arm Mali-G68 grafikasida ishlaydi. Qolaversa, u LPDDR5 operativ va UFS 3.1 doimiy xotiralari bilan ham "kelisha oladi".

Chipsetning geyming xususiyatlari o'zgarmagan: Dimensity 1080 hali ham HyperEngine 3.0 bilan APU 3.0'da ishlaydi. Ulanish uchun chipset 6 gigagertsli o'rta-5G va Wi-Fi 6 texnologiyalarini qo'llab-quvvatlaydi.

Mediatek'ning xabar berishicha, Dimensity 1080 bilan jihozlangan smartfonlar 2022-yil to'rtinchi choragida chiqadi. Katta ehtimol birinchi smartfonlar Redmi Note 12 seriyasi bo'lishi kutilmoqda.

O'QING: Snapdragon Dimensity'ga ikki karra yengildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!