Meet videokonferensiyalar servisini Google endi mobil Gmail ilovasiga ham qo‘shdi

  •   DiMaX
  •  279
  •  18.06.2020 16:23

Meet videokonferensiyalar servisini Google endi mobil Gmail ilovasiga ham qo‘shdi

Google kompaniyasi shu yilning aprelida o‘zining Meet videokonferensiyalar servisini taqdim etgan edi. O‘shandan beri u qidiruv gigantiga qarashli Gmail pochtasining faqat Web-versiyasida ishlayotgan edi.

O‘QING: Uyda turib ishlash uchun 7 servis

Endi esa Android hamda iOS operatsion tizimlariga mo‘ljallangan Gmail kliyentlarida ham Meet ishlaydi. Mazkur ilovalarning navbatdagi yangilanishi bilan ularda yangi varaqa sifatida videokonferensiyalar servisi ham paydo bo‘ladi, deb yozadi Google.

Videokonferensiya boshlash uchun unda New meeting tugmachasini bosish kerak bo‘ladi. Keyin esa chat havolasi yaratiladi va uni kodi bilan birga ishtirokchilarga pochta orqali jo‘natish, yoki Google Calendarga qo‘shish mumkin.

O‘QING: Zipcall orqali istalgan brauzerda videoqo‘ng‘iroq qila olasiz – SMS-tasdiqlash yoki registratsiya ham shartmas!

Gmail kliyentidagi Meet servisi orqali bitta videoqo‘ng‘iroqda bir vaqtning o‘zida 100 nafargacha kishi qatnasha oladi.

Agarda ushbu servis kerak bo‘lmasa, Settings > Account > Uncheck Meet manzili orqali istalgan vaqtda o‘chirib qo‘yish mumkin.

Aytib o‘tish kerakki, «Yandeks» kompaniyasi ham kuni kecha «Yandeks.Telemost» videoqo‘ng‘iroq servisi taqdim etgan edi.

O‘QING: Telegram foydalanuvchilari kutayotgan funksiya boshqa messenjerda paydo bo‘ldi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.