«MEGAbaytlar + 25%» aksiyasi – endi yanada ko‘proq internet!

  •   DiMaX
  •  6563
  •  06.07.2020 10:19

«MEGAbaytlar + 25%» aksiyasi – endi yanada ko‘proq internet!

Mobiuz (sobiq Universal Mobile SystemsUMS) uyali aloqa operatori avvalroq internet-to‘plamlarga chegirmalar e’lon qilgan edi. Yaqinda esa u internetdan faol foydalanuvchi abonentlar uchun «GAP yo‘q» tarif rejasini taqdim etgan.

O‘QING: Siz sevgan operatorlarning 20 mingdan 70 ming so‘mgacha bo‘lgan tariflari bilan tanishing!

Ushbu kompaniya 2020 yilning 6 iyul sanasidan oylik internet-to‘plamlar uchun «MEGAbaytlar +25%» aksiyasini e’lon qildi.

Mobiuz abonentlari internet-to‘plamlarni xarid qilib, BONUS tariqasida o‘sha to‘plamdagi megabaytlar hajmining 25 foizi miqdorida qo‘shimcha trafikka ega bo‘lishlari mumkin!

 

Trafik qoldig‘ini tekshirish uchun *200*1#/*200*7#/*200*30# 

«MEGAbaytlar +25%» aksiyasi to‘plamiga kiritilgan trafik hajmi 30 kun muddatga taqdim etiladi. Faollashtirilgan internet-to‘plamdagi megabaytlar qoldig‘ini bilish uchun *102# USSD-buyrug‘idan foydalanish yoki 616019 raqamiga 3 sonini yuborish kerak.

Ushbu aksiyaning shartlari bilan batafsil tanishish uchun mazkur havola orqali operator saytidagi tegishli sahifaga o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Mobil operatorlar bizdan nimani yashirmoqda?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.