«MEGAbaytlar +25%» aksiyasining muddati yana uzaytirildi!

  •   DiMaX
  •  1272
  •  07.09.2020 17:49

«MEGAbaytlar +25%» aksiyasining muddati yana uzaytirildi!

Mobiuz aloqa operatori 2020 yilning 6 iyul sanasidan oylik internet-to‘plamlar uchun «MEGAbaytlar +25%» aksiyasini e’lon qilgan. Keyinroq uning amal qilish muddatini 6 sentyabrgacha uzaytirishgan edi, endi esa kompaniya mazkur muddatning yana uzaytirilganini ma’lum qildi.

O‘QING: «Talaba» tarif rejasini qarshi oling!

Operatorning rasmiy saytida ma’lum qilinishicha, «MEGAbaytlar +25%» aksiyasining amal qilish muddati uzaytirilmoqda. Endi Mobiuz abonentlari avval belgilanganidek 6 sentyabrgacha emas, balki joriy oyning oxiri – 30 sentyabrgacha undan foydalana oladilar.

«MEGAbaytlar +25%» aksiyasi doirasida internet-to‘plamga kiritilgan trafik hajmining chorak qismicha miqdorda bonus trafik beriladi va u 30 kun muddatga taqdim etiladi. Faollashtirilgan internet-to‘plamdagi megabaytlar qoldig‘ini bilish uchun *102# USSD-buyrug‘idan foydalanish yoki 616019 raqamiga 3 sonini yuborish kerak.

Aksiya shartlari bilan batafsil tanishish uchun operator saytidagi tegishli sahifaga mazkur havola orqali o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: AKT vazirligi: «O‘zbekistonliklar hali-veri «mobil qullik»dan qutulmaydi»

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!