Megafon 5G internet tezligini ko‘rsatmoqchi

Megafon 5G internet tezligini ko‘rsatmoqchi

Rossiyaning Megafon operatori soniyasiga 4-5 Gbit tezlikda axborot uzatish imkoniyatiga ega 5G tarmog‘idagi mobil internetni namoyish etmoqchi. Namoyish 21 sentyabr kuni Nijniy Novgorod shahrida o‘tkaziladigan xalqaro biznes sammit doirasida bo‘lib o‘tadi.

Operatorning qayd qilishicha, ushbu sinov Rossiyadagi ilk 5G testi bo‘ladi. Umuman aytganda, mazkur standart haligacha dunyoning sanoqli davlatlarida sinovdan o‘tkazilgan. Operatorning biznes sammitdagi stendida 5G tarmog‘iga ulangan IoT (Internet of Things) zonasi taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 16 iyunida Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazilgan xalqaro iqtisodiy forumda Megafon soniyasiga 1 Gbit ma’lumot uzatishga qodir 5G tarmog‘ini sinovdan o‘tkazgan edi.

Albatta, bunday sinovlar mazkur yuqori standartdagi texnologiyalarni umumiy tarmoqqa tatbiq etilishini tezlashtirishga xizmat qilmay qolmaydi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.