Megapiksel nima?

Megapiksel nima?

Terabayt.uz sayti yangi «Bu nima?» ruknini boshlaganini ma’lum qilamiz. Ushbu rukn doirasida siz qiziqqan savollarga javob berib boramiz.

«Megapiksel» atamasi tasvir, asosan, raqamli kamera yoki kamerafonda olingan tasvir o‘lchamini anglatadi.

Megapiksel bir million piksel demakdir. Raqamli kamera va telefonlar kamerasi rezolyusiyasi ko‘pincha megapiksellarda o‘lchanadi. Masalan, agar biror-bir kamera 12 megapiksellik bo‘lsa, demak, u jami 12 million pikseldan iborat rasm oladi.

Piksellar kubsimon shaklda bo‘lgani va to‘r hosil qilgani bois 1 megapiksel rezolyusiyadagi kamerada olingan rasm o‘lchami eniga taxminan 1200 ta, bo‘yiga 900 ta pikseldan iborat bo‘ladi.

Megapiksellar qancha ko‘p bo‘lsa, rasmni zum qilayotganda (yaqinlashtirayotganda) yoki uni kesayotganda tasvir sifati shuncha aniqligicha qoladi. Ba’zi smartfonlar tasvir sifatini yo‘qotmagan holda, optik zum linzasi bo‘lmaganda ham rasmni yaqinlashtirish imkonini beradi. Bunda, qurilma olingan 23 megapiksel o‘lchamdagi original tasvir o‘rtasidan 8 megapikellik foto qirqib oladi.

Rasm megapikseli qancha katta bo‘lsa, u shuncha detalga boy bo‘ladi va ayni vaqtda fayl hajmi ham shunga mos chiqadi. Kattaroq faylni esa bir qurilmadan ikkinchisiga o‘tkazish/ulashishga ko‘proq vaqt talab qilinadi. Aksariyat smartfonlarda quyiroq rezolyusiyada rasm olish funksiyasi ham bor. Bu, ayniqsa, qurilmangiz xotira sig‘imi katta bo‘lmaganda qo‘l keladi.

O‘QING: «Davring o‘tdi – tur, begim!»: DxOMark taxtidan Huawei P40 Pro’ni ag‘dargan yangi flagmanni qarshi oling! (+video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!