Meizu 16s ham eng kuchli Snapdragon 855 chipiga va Sony IMX850 datchikli 48 MPlik kameraga ega!

  •   DiMaX
  •  1545
  •  10.12.2018 16:49

Meizu 16s ham eng kuchli Snapdragon 855 chipiga va Sony IMX850 datchikli 48 MPlik kameraga ega!

Amerikalik chipsoz o‘zining Snapdragon 855 rusumli eng ilg‘or protsessorini hali yaqindagina taqdim etgandi. Keyingi yil taqdim etiladigan flagman smartfonlar shu chipsetga tayanadi.

O‘QING: Snapdragon 8150 protsessorli Meizu 16s flagmani ilk suratda!

Jumladan, Meizu kompaniyasining rahbari Jek Von (Jack Wong) ushbu smartfonsozning navbatdagi smartfoni haqidagi mish-mishni rasman tasdiqladi. Ya’ni, Meizu 16s flagmani Qualcomm kompaniyasining eng baquvvat Snapdragon 855 protsessori bilan ta’minlanadi. Ammo uning beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlashi masalasini u ochiq qoldirgan.

Flagman chipsetdan tashqari, ushbu smartfon yana bitta ustunlikka ega. Ya’ni, Meizu 16s asosiy kamerasi 48 megapiksellik Sony IMX586 sensoriga ega! Ammo uning ikki yoki uch modulli bo‘lishi hozircha aniq emas.

O‘QING: Atigi 70 dollarlik, ammo romsiz ekran va yuzni tanish funksiyasiga ega Meizu C9 smartfoni taqdim qilindi!

Bularga qo‘shimcha tarzda Jek Vonning ta’kidlashicha, yangi urf – old kamera uchun ekranda «tirqish» ochilishi texnologiyasi Meizu 16s modeliga tatbiq etilmaydi. Darvoqe, mazkur flagman Meizu kompaniyasining simsiz quvvatlash texnologiyasiga hamda NFC-modulga ega birinchi smartfoni bo‘layotir.

Insayderlar tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, Meizu 16s modeli 2019 yilning birinchi yarmida taqdim etiladi. Eslatib o‘tish o‘rinliki, mazkur brendning ayni damdagi flagmani O‘zbekistonda rasman sotilayotgan eng kuchli Android-telefonlardan biridir. Uning ko‘plab rusumlardagi smartfonlarini Terashop.uz internet-do‘konimizdan 952 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: Meizu 16 flagmani va bu brendning boshqa smartfonlarini Terashop.uz’dan oling (2018 yil 16 noyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul eltib beriladi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.