Meizu 16s’ning ilk partiyasi allaqachon sotib bo‘lindi

Meizu 16s’ning ilk partiyasi allaqachon sotib bo‘lindi

23 aprel kuni Meizu kompanisi o‘zining yangi flagman smartfoni Meizu 16s’ni namoyish etdi. Yangi qurilmaning asosiy o‘ziga xosliklari ekran ostiga o‘rnatilgan barmoq izi skaneri va yuzni 0,2 soniyada aniqlash imkonini beruvchi selfi kamera bo‘lgan. Meizu kompaniyasining rasman xabar berishicha, Meizu 16s ilk partiyasi allaqachon sotib tugatildi.

Endi smartfonni sotib olmoqchi bo‘lganlar 28 aprelgacha kutishiga to‘g‘ri keladi, aynan shu kuni flagmanning ikkinchi partiyasi sotuvga chiqariladi. Ayni damda Jingdong Mall internet bozorida Meizu 16s sotib olish uchun 115 028 ta buyurtma qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Meizu 16s kompaniya tarixidagi ilk NFS chipiga ega smartfonga aylandi. Qurilma 6,15 dyumlik 2232x1080 piksel aniqlikdagi va tomonlari nisbati 18,6:9 bo‘lgan displey, Snapdragon 855 protsessori, 6/8 GB operativ, 128/256 ichki xotira, 48+20 megapiksellik asosiy juft kamera, 20 megapiksellik selfi kamera va 3600 mA/soatlik akkumulyatorga ega bo‘lgan.

Ikkita SIM-karta uyachasi bilan ta’minlangan bu smartfon Android operatsion tizimining eng so‘nggi – 9 Pie talqini boshqaruvi ostida, Flyme OS 8 interfeysi bilan ishlaydi. Korpusi o‘lchamlari 151,9x73,4x7,65 millimetrga, vazni esa 165 grammga teng.

Meizu 16s uch xil – Carbon Black (qora), Pearl White (oq) hamda Phantom Blue (ko‘k) tusli korpuslarda taklif etiladi. Uning tezkor/doimiy xotirasi 6/128 gigabaytlik talqini uchun taxminan 476 AQSh dollariga teng narx belgilangan. Flagmanning 8/128 gigabaytligini 520 dollarga, Xitoy uchun eksklyuziv – 8/256 gigabaytligini esa 595 dollarga olsa bo‘ladi.

Meizu kompaniyasining turli rusumlardagi boshqa smartfonlarini esa atigi 733 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish mumkin.

O‘QING: Meizu 16s namoyish etildi: SD 855 chipli va 48 MPlik kamerali flagman – 476 dollardan!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!