Meizu 17 yangi testda Xiaomi Mi 10, Oppo Find X2 Pro hamda Huawei P40 Pro’larni mahv etdi

  •   DiMaX
  •  1462
  •  18.04.2020 15:23

Meizu 17 yangi testda Xiaomi Mi 10, Oppo Find X2 Pro hamda Huawei P40 Pro’larni mahv etdi

Xiaomi’ning asosiy raqiblaridan hisoblangan Meizu kompaniyasi 22 aprelda yangi flagmanlar oilasini taqdim etadi. Unga standart Meizu 17 (yoki Meizu 17th) hamda Meizu 17 Plus (yoki Meizu 17th Plus) modellari kiradi.

O‘QING: Meizu yoki Xiaomi: kimning smartfoni yaxshiroq?

Kompaniya rasmiy namoyish arafasida Meizu 17 modelining avtonomlik testi natijalarini e’lon qildi. Grafikda yaqqol aks ettirilganidk, 4500 mA/soatlik akkumulyatorga ega bu smartfon so‘nggi vaqtlarda bozorga chiqqan asosiy flagmanlardan ustunlikka ega.

Qizig‘i shundaki, mazkur tajriba qatnashchilari orasida Xiaomi Mi 10 eng sig‘imdor – 4780 mA/soatlik akkumulyatorga ega. Lekin uning bitta to‘la quvvat bilan ishlash vaqti atigi 8,16 soatga borgan.

Yana ikki raqobatchi – Huawei P40 Pro hamda Oppo Find X2 Pro esa bir xilda 4200 mA/soatlik batareya bilan ta’minlangan. Ularning quvvati esa tegishlicha 9,75 hamda 9,06 soat ishlashga dosh bergan. Meizu 17 bo‘lsa 4500 mA/soatlik akkumulyatorining bitta to‘la quvvati bilan eng uzoq – 11,77 soat ishlab bergan.

O‘QING: Eng zo‘r flagmanlarda eng keraksiz va hatto zararli bir funksiya bor!

Meizu laboratoriyasi tomonidan o‘tkazilgan avtonomlik testida yuqoridagi smartfonlar quyidagicha foydalanish bo‘yicha tekshirilgan: 2 soat WeChat’da muloqot, 2 soat Kings of Glory ilovasida o‘yin jarayoni, 1 soat musiqa yangratish, 30 daqiqa kameradan, yana 30 daqiqa galereya ilovasidan foydalanish, 1 soat elektron kitob mutolasi, 20 daqiqa ish stoli va 10 daqiqa sozlamalarni ochib qo‘yish.

Quyida esa Meizu 17 flagmanining ekrani yoqiq holdagi «jonli» suratini ko‘ramiz:

Eslatib o‘tamiz, xuddi shu Meizu 17 modeli yaqinda AnTuTu testida 580 581 ball to‘plagan. Bu esa mazkur benchmarkning 2020 yil mart oyidagi eng qudratli flagmanlar reytingida raqib kompaniyaning Xiaomi Mi 10 va Black Shark 3 flagmanlari ko‘rsatganidan yuqori natija!

Uning «og‘a»si – Meizu 17 Plus esa boshqa bir jihatdan eng kuchli rekord o‘rnatganki, bunaqasi hali yetakchi kompaniyalarning tushiga ham kirmagan...

O‘QING: Dunyodagi eng kuchli smartfon, protsessor va proshivkalar TOP-o‘ntaliklari (Master Lu reytinglari, 2020 yil 1-chorak)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.