Meizu 20 jonli surati Internetda tarqalib ketdi!

Meizu 20 jonli surati Internetda tarqalib ketdi!

Meizu kompaniya shu kunlarda o'zining yangi flagmani, Meizu 20 smartfonini taqdim qilishga tayyorlanmoqda. Taqdimot sanasi hozircha noma'lum, lekin taqdimotga qadar smartfonning jonli surati allaqachon internetda paydo bo'ldi.

Meizu 20 jonli surati avvalgi tarqatilgan renderlardagi dizaynni tasdiqlaydi, ya'ni smartfon orqa tomonida Galaxy S23 stilida joylashtirilgan uchlik kameraga ega. Uchlik to'rtinchi yumaloq nimadur bilan yakunlanadi, biroq hozircha uning nima ekanligi noma'lum. 

Meizu o'zi ulashgan rasmiy tizerlardagi ma'lumotlarga ko'ra, Meizu 20 smartfoni 1/1,56 dyuymli 50 MP sensor bilan jihozlanadi. Kompaniyaning ta'kidlashicha, kamera yangi avlod SMA stabilizatsiya tizimidan foydalanadi va fokuslash tezligi Meizu 18s bilan solishtirganda uchdan birga oshgan. Bundan tashqari, smartfon ekrani 144 gerts yangilanish tezligiga ega bo'ladi.

Meizu 20 mart oyi o'rtalarida taqdim qilinishi kutilmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!