Bo‘lajak "super-hit" - Meizu kuchli flagmanlarni taqdim qildi!

Bo‘lajak

Bu yil Meizu kuchli flagmanlar bilan bozorga qaytdi. Kompaniya bugun - Samsung Galaxy Note 9 devaysidan bir kun avval ilg‘or va jozibador smartfonlarini taqdim qildi. Shu kunga qadar insofli narxda o‘rtacha imkoniyatli mobil telefonlarini ishlab chiqargan brend va nihoyat kuchlilar bilan raqobat qilishga tayyor.

Meizu 16 hamda Meizu 16 Plus smartfon bozorining "oliy ligasi"da Xiaomi, OnePlus hamda Huawei flagmanlariga qarshi kurashga kirishadi.

Kompaniya to‘g‘ri marketing yondashuvidan borib, smartfonlarning yuqori va quyi talqinini ishlab chiqarmoqda.

Quyi talqin 6 dyuymli va yuqori talqin 6,5 dyuymli ekranga ega bo‘lgan. Yuqori talqinning batareya sig‘imi ham yuqori.

Meizu 15 bilan taqqoslaganda, yangi devayslar tamomila o‘ziga xos dizaynda ishlab chiqarilgan: old panelning 91,18% qismini egallab olgan romsiz ekran bo‘ylab tortilgan nafis hoshiya, qo‘sh sensorli bosh kamera, halqalik svetodiodli fotochaqnoq.

Meizu 16 modeli 2018 yilning eng yengil flagmani bo‘lib, 152 gramm tosh bosadi.

Ekran tomonlari 18:9 o‘lchamli, ya’ni cho‘zinchoq. Flagmanlar "istarasi" iPhone X'dan farq qiladi, ya’ni ekran ustida kesiq yo‘q.

Yon romlar deyarli bilinmaydi hamda korpus qalinligi 1,43 mm.

Smartfon ekranining yuqori va quyi qismlaridagi virtual hoshiyalar yupqa va uyg‘un bo‘lgani tufayli old panel ideal darajada simmetrik ko‘rinadi.

Yangi dizayn konsepsiyasi an’anaviy mTouch apparat klavishini nazarda tutmagan. Ishlab chiqaruvchi endi smartfonni Super mBack 2.0 texnologiyasi orqali boshqarish taklifini ilgari surmoqda. SuperSwape texnologiyasi esa platforma samaradorligini oshirib, foydalanuvchining odatlarini o‘rganadi.

Meizu ilk marotaba o‘ziga xos "fishka" — displey ostiga joylashtirilgan barmoq izi skanerini joriy qilgan. Taqdimotda qayd etilishicha, datchik barmoq izini yuqori aniqlikda qayd etadi va xavfsiz hisoblanadi. Barmoqni tanish jarayoni 0,25 sekundda amalga oshadi, uning aniqlik darajasi — 99,12%.

Ekran quyisidagi yotiq chiziq bo‘lib, unga barmoq zarbini tushunadigan mEngine 2.0 texnologiyasi tatbiq qilingan. Uning yordamida sensor ekranni samarali boshqarish mumkin.


Meizu 16 hamda Meizu 16 Plus modellari uchun Super AMOLED-matritsa tanlangan. Uni Samsung ishlab chiqargan va har ikkalasining aniqligi 2160x1080 pikselga teng.

Platforma yetakchi bo‘lgan Snapdragon 845 bilan "qurollantirilgan". Hozirgi aksariyat flagman smartfonlar ana shu chipda ishlaydi. Shuningdek, Meizu joriy qilgan misli quvurcha orqali chipsetni sovitish texnologiyasi samaradorlik uchun ayni muddao.

Raqamlarni yaxshi ko‘radiganlar uchun aytish joizki, Meizu 16 AnTuTu benchmarkida 291 866 ball yiqqan. Bu esa juda ham yuqori ball degani.

Qolgan jihatlar ham zamonaviy standartda: 6/8 Gb operativ xotira, 64 Gb yoki 128 Gb pdoimiy xotira.

Meizu 16 Plus modelining 128/256 Gb doimiy xotira talqinlari ham bor. Devayslarda xotirani kengaytirish uchun microSD esa mavjud emas.

Meizu aslida pleyer ishlab chiqaruvchi kompaniya bo‘lganini hisobga olsak, uning smartfonlari doim melomanlar uchun ma’qul kelgan. Yangi devayslarda ham stereodinamik, mini-jek hamda shovqinin kamaytiruvchi yangi algoritm mavjud.

Meizu injenerlari ob’yektivlar sonini oshirmagan bo‘lsalar ham, yaxshi kamera yechimi ilgari surilmoqda.

Old kamer 20 megapikselli, uning yorug‘lik taqsimlovchi linzasi f/2.0 standartli. Orqa tomonda esa ikkita sensor bor. Bosh datchik - 12 Mp (Sony IMX380) keng burchakda surat oladi, qo‘shimcha sensor — Sony IMX350 teleob’yektiv bo‘lib, uning aniqligi 20 Mp. Birinchi sensorda yorug‘lik o‘tkazish imkoni yuqori - f/1.8. Kamerada turli algoritm, "sun’iy aql" joriy qilingan.

Smartfonlardagi interfeyslar ham zamonaviy: Bluetooth 5.0, ikki diapazonli Wi-Fi, LTE, GPS hamda 3,5 mm hajmidagi audio tuynukning borligi quvontiradi. Biroq apparatning NFC va Band 20 standartlariga ega bo‘lmagani kim uchundir kamchilik.

Meizu 16 bilan bog‘liq kamchilik esa akkumulyator bo‘lishi mumkin - batareyaning tok sig‘imi 3010 mA soat. Biroq, quvvatni kam yeydigan AMOLED-matritsa hamda tejamkor 10 nanometrli chip, qolaversa mCharge tezkor quvvat olish texnologiyasi bu muammoni bartaraf qilishi mumkin.

Devays 0 dan 67% gacha to‘lishi uchun yarim soat kerak bo‘ladi. MEIZU ma’lum qilishicha, to‘liq quvvat bilan devays o‘rtacha 13 soat ishlaydi.

Meizu 16th Plus akkumulyatori esa 3640 mA soat. U ham tezkor quvvat oladi.

Devayslar Android Oreo operatsion tizimiga asoslangan Flyme 7 proshivkasi boshqaruvida ishlaydi.

Meizu 16 hamda Meizu 16 Plus modellarining kuchli jihatlari qatorida ularga qo‘yilgan "insof doirasidagi" narxni ham aytish kerak.

Meizu 16 modelining 6/64 Gb taqini uchun $395, o‘rta imkoniyatli talqini bo‘lmish 6/128 Gb modeli uchun $440 hamda yuqori - 8/128 Gb talqini uchun $483 dollar to‘lashga to‘g‘ri keladi.

Meizu 16 Plus uchun esa $468 hamda uning 6/128 Gb, 8/128 Gb talqinlari uchun — $512, eng yuqori — 8/256 Gb talqini uchun $586 dollar so‘ralmoqda. Smartfon 20 avgustdan boshlab sotuvga chiqariladi.

MEIZU 16 texnik jihatlar:

Aloqa: 2 ta nano SIM-karta, LTE;
Ekran: 6'', 18:9, 2160x1080 piksel (401 PPI), SUPER AMOLED, 2.5D shisha;
Protsessor: Qualcomm Snapdragon 845 (4 yadro Kryo Gold + 4 yadro Kryo Silver), sovitish uchun mis quvurcha texnologiyasi bor;
Grafik protsessor: Adreno 630;
Xotira: 6/8 GB operativ xotira + 64/128 GB doimiy;
Bosh kamera: 12 Mp + 20 Mp, OIS, 1.55 um, 6 ta linza, ƒ/1.8 + ƒ/2.6, sensorlar Sony IMX 380 + Sony IMX350, fazali va lazerli fokuslash, 6 tusli fotochaqnoq, FLYME AI "aqlli" texnologiyasi;
Old kamera: 20 Mp, 5 linzali, f/2.0;
Ovoz: Qualcomm APTX va SONY LDAC kodeklari, stereodinamiklar, audio: 3.5 mm mini-jek;
Skaner: ekran ostiga joylangan skaner;
Interfeyslar: Wi-Fi Dual Band, Bluetooth, GPS, GLONASS, Beidou, Galileo, SBAS, QZSS;
Akkumulyator: 3010 mA soat, mCharge tezkor quvvat olish;
O‘lchami: 150,5 x 73,3 x 7,3 mm;
Vazni: 152 gramm.

MEIZU 16 PLUS texnik jihatlari:

Aloqa: 2 ta nanoSIM-kartalar, LTE tarmog‘i;
Ekran: 6.5'', 18:9, 2160x1080 belgi, SUPER AMOLED, 2.5D shishasi;
Protsessor: Qualcomm Snapdragon 845 (4 yadro Kryo Gold + 4 yadro Kryo Silver), misli quvurcha orqali sovitish texnologiyasi;
Grafik protsessor: Adreno 630;
Xotira: 6/8 GB operativ + 128/256 GB doimiy xotira;
Bosh kamera: 12 Mp + 20 Mp, OIS, 1.55 um, 6 linzali, ƒ/1.8 + ƒ/2.6, sensorlar - Sony IMX 380 + Sony IMX350, fazali va lazerli fokuslash, 6 tusli fotochaqnoq, FLYME AI "sun’iy aql" texnologiyasi;
Old kamera: 20 Mp, 5 linzali, f/2.0;
Audio: Qualcomm APTX hamda SONY LDAC kodeklari, stereodinamiklar, 3.5 mm mini-jek, mEngine 2.0;
Skaner: ekran ostiga joylangan barmoq izi skaneri;
Interfeyslar: Wi-Fi Dual Band, Bluetooth, GPS, GLONASS, Beidou, Galileo, SBAS, QZSS;
Akkumulyator: 3640 mA soat, mCharge tezkor quvvatlash texnologiyasi;
O‘lchamlari: 160,4 x 78,2 x 7,3 mm;
Vazni: 182 gramm.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!