Meizu kompaniyasidan Pro 5 Ubuntu Edition smartfoni

Meizu kompaniyasidan Pro 5 Ubuntu Edition smartfoni

Meizu o‘z faoliyatini yanada rivojlantirib, mijozlar ishonchini oqlashga harakat qilmoqda. Avvalroq kompaniya Canonical bilan hamkorlik mahsuli sifatida Ubuntu operatsion tizimi bilan ishlovchi smartfonni taqdim etgandi.

Kompaniya mobil telefon bozorida ancha faol. Masalan, o‘tgan yili Meizu kompaniyasi MX4 Ubuntu Edition smartfonini ishlab chiqargan bo‘lsa, bugun esa Ubuntu operatsion tizimi asosidagi Pro 5ning muqobil versiyasini e’lon qildi.

Canonical xabariga ko‘ra, o‘tgan 12 oyda ularning operatsin tizimi asosida ishlovchi 4 ta qurilma ishlab chiqarilgan. Pro 5 hisob bo‘yicha beshinchisi. Umuman olganda, Canonical singari yangi va yosh kompaniya uchun bu yaxshi ko‘rsatkich sanaladi.

Qayd etish kerakki, smartfonning texnik tavsifi o‘zgarmagan. Meizu Pro 5 flagmeni 5,7 dyyum Full HD-ekran, Samsung Exynos 7420 chipset, 3/4 GB tezkor xotira qurilmasi, 32/64 GB ichki xotira, shuningdek, 21-Mp kamera va 3050 mAs quvvatga ega batareya bilan ta’minlangan.

Meizu kompaniyasining Pro 5 Ubuntu Edition smartfonini MWC 2016 ko‘rgazmasida ko‘rib qolsak ham ajab emas. Afsuski, qurilmaning narxi haqida ham ma’lumotlar tarqatilmadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!