Meizu M6 bozorga chiqdi: yangi tavsiflari bilan

  •   Saroy
  •  946
  •  04.06.2018 12:30

Meizu M6 bozorga chiqdi: yangi tavsiflari bilan

MEIZU M6 – yangi qurilma bilan klassika o‘rtasida yoqimli qarama-qarshiliklar,  sizni quvontirishi shubhasiz.  Yuqori jipslikda maxsus buyoq bilan metalga stilizatsiyalangan polikarbonatdan yasalgan silliq korpus. 

O‘QING:Eng arzon romsiz Meizu M6T rasman namoyish qilindi

Yangi qurilmaning orqa qopqog‘i  ikkita metal chiziqlar bilan to‘ldirilgan, xuddi qimmat  qurilmalardagi navigatsiya va kommunikatsiya datchiklari alohida-alohida turgandek. Smartfonning balandligi — 148.2 mm, kengligi — 72.8 mm, qalinligi  — 8.3 mm, og‘irligi  — 143 g.

Yangi smartfonga  to‘la laminatlash texnologiyasi asasida yaratilgan 5,2 dyumli diagonaldagi HD displey o‘rnatilgan.  U tasvirni juda  aniq  ko‘rsatish uchun  IPS matritsa bilan jihozlangan. Gadjet 1280 X 720 formatga  ega, shuningdek, jipsligi  — PPI 282, yorug‘ligi — 450 KD/M2,  kontrasti — 1000:1

Sony’dan kuchaytirilgan 13 megapikselli kamerada o‘ta yuqori sifatda surat olishingiz mumkin. Fazali avtofokus har qanday sharoitda ham suratning yuqori sifatini ta’minlaydi.  Yangi texnologiya sanalgan RGBW matritsa yanada kontrastli suratlarni olishga imkon beradi.

O‘QING:Meizu M8 (M6T) smartfonining jonli fotosi: uch xil rangda

Sensorli–mexanik tugmacha – mBack yuqori tezlikda va aniqlikda skanerlaydi

Qurilmani bir marta quvvatlantirsangiz bir kunga bemalol yetadi. Chunki  MEIZU’ga 3070 mAch akkumulyator qo‘yilgan. U 1, 5  soatda to‘liq quvvatlanadi va sakkiz soat videoga, 4 soat 3D o‘yinlarga yetadi.