Meizu M6: «Malika»dagi narxiga munosib flagman

  •   DiMaX
  •  5055
  •  18.08.2018 18:10

Meizu M6: «Malika»dagi narxiga munosib flagman

O‘zbekiston bozoriga nisbatan yaqinda rasman kirib kelgan Meizu kompaniyasi o‘zining hamyonbop smartfonlari bilan e’tiborni qozonib ulgurdi. Bugun uning Meizu M6 flagmani haqida bafurja ma’lumot bermoqchimiz. Garchi 2017 yilning sentyabrida taqdim etilgan bo‘lsa-da, mazkur devays hamon xaridorgir bo‘lib turibdi va bu bejiz emas.

Avvalo, smartfonning asosiy texnik jihatlariga lo‘nda tavsif berib o‘tsak:

  • Tarmoq:

2G – GSM B2/B3/B5/B8

3G – WCDMA B1/B2/B5/B8

4G – FDD-LTE B1/B3/B5/B7/B8/B20

4G – TDD-LTE B38/B40

  • Operatsion tizim: Android 7.0 (Nougat) bazasidagi Flyme UI 6 grafik interfeysi
  • SIM-karta: Ikkita nanoSIM
  • Ekran:2 dyuym, 1280x720 pikselli (HD), LPTS/IGZO matritsa, 2.5D shisha
  • Protsessor: Mediatek MT6750N (64 bitlik, 8 yadroli: 4 ta 5 GGs, 4 ta 1 GGs, Cortex-A53)
  • Grafik tezlatgich: Mali-T860 MP2 (520 MGs)
  • Xotira: 2 GB tezkor + 16 GB doimiy (3 + 32 GBlik talqini ham bor)
  • Xotira kartasi: 128 GBgacha hajmli microSD (ikkinchi SIM-karta o‘rniga)
  • Asosiy kamera: 13 Mp, f/2.2, piksel o‘lchami 12 um, sensor Sony IMX278, 5 linza, avtofokus
  • Old kamera: 8 MP, f/2.0, piksel o‘lchami 1.12 um, fokus, 4 linza
  • Audio:5 mm.lik mini-djek
  • Simsiz aloqa interfeyslari: Wi-Fi 2.4/5 GGs, Bluetooth 4.1, GPS/Glonass
  • Barmoq izi skaneri: bor, old yuzadagi mTouch tugmachasida
  • Akkumulyator: 3000 mA/soat, 5V/1.5A
  • O‘lchami:2 x 72.8 x 8.3 mm
  • Vazni: 143 gramm
  • Korpus rangi: moviy, qora, kumushrang, tillarang

Jamlanma:

  • Smartfon
  • Quloqchin
  • Quvvatlash uskunasi
  • Kompyuterga va quvvatlagichga ulash kabeli
  • SIM-kartalar uyachasini chiqarish kalitchasi (skrepka)
  • Foydalanuvchi yo‘riqnomasi
  • Kafolat taloni

Endi esa Meizu M6’ning har bir jihatiga batafsil to‘xtalamiz.

DIZAYN

Meizu smartfonlarining aksariyati o‘zaro yaqin dizaynda ishlangan bo‘lib, M6 modeli ham bundan mustasno emas. Uning old yuzasidan mTouch skaneri va yorug‘lik-diodli indikator, so‘zlashuv dinamigi, selfi-kamera va datchiklar o‘rin olgan. Korpusning chap qirrasida qurilmani o‘chirish-yoqish hamda ovozni balandlatish-pastlatish tugmachalari joy olgan, chap qirrasida esa – SIM-kartalar uyachasi. Faqat quloqchin tirqishining joylashuvi turli modellarda farq qiladi: ayrimlarida u korpusning pastki qirrasida, boshqalarida (Meizu M6’da ham) esa yuqori qirrasida joylashgan. Shuningdek, bu kompaniyaning keyingi ayrim modellarida USB Type C porti bo‘lsa, M6 singari smartfonlarida an’anaviy microUSB porti qo‘llangan.

Meizu kompaniyasi o‘z smartfonlarining deyarli bir xil dizaynda ekanini foydalanuvchilar uchun qulaylikning bir ko‘rinishi, deya izohlaydi. Ya’ni, bu brend telefonini ishlatib yurgan mijoz uning navbatdagi – yangi modelini xarid qilganida, unga boshqatdan ko‘nikishi shart bo‘lmaydi. Grafik qobiq ham o‘sha-o‘sha, korpusdagi elementlar ham avvalgi joyida – xullas, o‘zi bilganicha foydalanib, yangi imkoniyatlardan bahra olib ketaveradi.

Darvoqe, Meizu o‘zining keyingi yillardagi barcha smartfonlariga mTouch klavishini tatbiq etib kelayotir. Bu – moddiy va shu bilan birga sensor tugmacha bo‘lib, funksiyalari quyidagicha:

Bosish – ekranni blokirovkadan chiqaradi. Displey yoqiq payti bosilganda esa bosh ekranga qaytiladi («Uyga» tugmachasi kabi).

Teginish – oldingi menyuga qaytish («Orqaga» tugmachasi singari).

Displey faol turgan payti mTouch uzoqroq bosib turilganida esa ekran o‘chadi – smartfon qulflanadi.

Meizu o‘z smartfonlari uchun Flyme grafik interfeysini ishlab chiqqan bo‘lib, unda so‘nggi ishlatilgan ilovalarni chaqirish uchun displeyning pastki qismidan yuqoriga silash kerak bo‘ladi.

Meizu M6 korpusida maxsus material qo‘llangan – unda metall (alyuminiy) aralashtirilgan plastik ishlatilgan. Bu modelning rasmiy taqdimotida ta’kidlaganlaridek, smartfon xuddi sof alyuminiydan qilingandek ko‘rinadi, ammo qo‘lda ushlaganingizda metall sovuqligi sezilmaydi.

Korpusning orqa qopqog‘ida – yuqori va pastida ikkita nozik gorizontal chiziq mavjud. Yuqoqriroq qismi o‘rtasida asosiy kamera va uning ostida fotochaqnoq, sal pastroqda esa MEIZU logotipi ko‘zga tashlanadi.

Smartfon korpusining o‘lchamlariga kelsak, uning bo‘yi 148.2, eni 72.8, qalinligi esa 8.3 millimetrni tashkil etadi. Kaftga juda qulay o‘rnashuvchi, sirg‘alib ketmaydigan gadjet 143 gramm tosh bosadi.

EKRAN

Har qanday smartfonning foydalanuvchi bilan bevosita aloqa qiluvchi eng muhim qismi, albatta, ekrani hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchi Meizu M6 smartfonida shuni ham hisobga olgan.

Quyida bu displeyning asosiy jihatlarini ko‘rib o‘tamiz:

Ekran diagonali: 5.2 dyuym

Displey aniqligi: 1280x720 piksel

Piksellar zichligi: 282 PPI

Matritsa turi: IGZO

Himoya qoplamasi: shisha

Oleofob qoplama: mavjud (yog‘, qo‘l izi oson ketadi)

Yorqinlikning avtomatik sozlanishi: mavjud

Multitach: mavjud, bir vaqtning o‘zida o‘ntagacha barmoq teginishini sezadi

Meizu M6 displeyida Sharp kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan IGZO-matritsa qo‘llangan. Unda tasvir yaxshi aks etadi, burchak ostida qaralganida yorqinlik biroz pasayadi, ammo ranglar «teskarisiga aylanib» – qorasi oq, oqi qora bo‘lib ketmaydi. To‘g‘ri, quyosh nuri ostida ekran birmuncha xira ko‘rinadi, biroq undagi ma’lumot ko‘rinadi.

Flyme grafik qobig‘ida shriftlar shunday tanlanganki, ular piksellarga ajralib ko‘rinmaydi. Oleofob qoplama yaxshi – ekranda barmoq yaxshi yuradi, izi esa istalgan turdagi mato bilan salgina artishda yo‘qoladi.

Displey sozlamalarida siz «Ko‘zni himoyalash rejimi»ni faollashtirishingiz va uni ham yana o‘zingizga moslashtirishingiz, hatto kunning ma’lum vaqtlarida turli rejimlar faollashtiriladigan qilib qo‘yishingiz mumkin.

Xullas, ekranni to‘laligicha o‘zi istaganidek qilishni xohlovchilar uchun Meizu M6 – juda qulay smartfon.

OPERATsION TIZIM, PROTsESSOR VA XOTIRA

Meizu M6 smartfoni Android 7.0 operatsion tizim bazasiga qurilgan Flyme 6 grafik qobig‘i boshqaruvi ostida ishlaydi. Unda avvalgi talqinlariga nisbatan ko‘plab turli yangi xususiyatlar, sozlamalar qo‘shilgan.

Meizu kompaniyasi ushbu smartfonida MediaTek MT6750 platformasini qo‘llagan. Ushbu chipning samaradorligi ko‘pincha smartfonsozning muayyan modelni qanchalik yaxshi optimizatsiya qila olishi bilan bog‘liq. Masalan, Meizu M6 devaysida u ancha yaxshi samaradorlik namoyon etadi. To‘g‘ri, murakkab, qiyin o‘yinlarga dosh berishi qiyin, lekin hamyonbop smartfondan buni talab qilishning o‘zi to‘g‘ri emas-da.

Ushbu gadjet AnTuTu benchmarkida 39654 ochko to‘plagan:

Demak, Meizu M6 texnik ta’minoti quyidagicha:

Chipset: MediaTek MT6750

Protsessor: Sakkiz yadroli, 1.5 GGs

Grafik chip: Mali-T860

Tezkor xotira hajmi: 2/3 GB

Ichki xotira hajmi: 16/32 GB

Meizu M6’ning Geekbench’da namoyon etgan ko‘rsatkichi bilan ham tanishamiz:

Umuman olganda, arzon smartfon uchun eng yaxshi yechimlardan biri, nima dedingiz?

AKKUMULYaTOR VA AVTONOMLIK

Smartfonning avtonomligi – batareyasini bitta to‘ldirganda quvvati qanchalik uzoq vaqtga yetishi ham muhim ko‘rsatkichlardan biridir. Meizu M6 modelida 3070 mA/soat sig‘imga ega bo‘lgan, olinmaydigan litiy-ionli akkumulyator qo‘llangan. Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, uning quvvati smartfondan turlicha foydalanish rejimlarida quyidagicha vaqtga yetadi:

So‘zlashuv rejimi: 900 daqiqa

Kutish rejimi: 120 soat

Veb-serfing (maksimal yorqinlik, «samolyotda» rejimi): 4 soatu 40 daqiqa

O‘yin rejimi (maksimal yorqinlik, «samolyotda» rejimi): 3 soatu 36 daqiqa

Video ko‘rish (maksimal yorqinlik, «samolyotda» rejimi): 6 soatu 52 daqiqa

Shuningdek, Flyme’ga kiritilgan quvvat tejash utilitalari yordamida hamda ekran yorqinligini pasaytirish orqali bu ko‘rsatkichlarni uzaytirish mumkin.

KAMERA

Meizu M6 kameralari o‘z narx toifasi bo‘yicha qaraganda ancha yaxshi. Sony IMX278 sensori bazasidagi asosiy kamera 13 megapikselli datchikka hamda fotochaqnoqqa ega, diafragmasi f/2.2 aperturali. U 1080p sifatda, soniyasiga 30 kadr chastotasida videos’yomka qilishga qodir. Fotosuratga olishda esa ekranga teginish orqali fokusni sozlash imkoniyatlari bor.

Selfilar uchun esa Meizu M6 ekrani ustiga 8 megapikselli old kamera qo‘ndirilgan.

Kunduzgi yorug‘likda bu smartfon ajoyib tasvirlar ola biladi, ammo sun’iy yoritilgan sharoitda yoki oqshom paytlari tushirilgan suratlarda tafsilotlar kamayishini kuzatish mumkin.

Video olish masalasida ham shunaqa – kunduzi yaxshi sifatga ega, kechalari esa bundayroq roliklar olish imkoni bor.

Har holda, boshqa smartfonsozlarning shu narx toifasidagi modellaridan qolishmaydi.

SIMSIZ INTERFEYSLAR

Barcha zamonaviy smartfonlarda bo‘lgani kabi, Meizu M6 modelida ham asosiy simsiz ulanish interfeyslari mavjud. Ya’ni:

Wi-Fi: b/g/n, dual-band

Bluetooth: 4.1, LE

GPS: bor, 5 soniya ichida yoqiladi

Mobil ma’lumot uzatish:

2G – GSM B2/B3/B5/B8

3G – WCDMA B1/B2/B5/B8

4G – FDD-LTE B1/B3/B5/B7/B8/B20

4G – TDD-LTE B38/B40

USB On-The-Go: mavjud

NFC: yo‘q

OVOZ IMKONIYaTLARI

Meizu M6 qadog‘ida o‘zi bilan kelgan quloqchinda ovoz yaxshi chiqadi. Smartfonning o‘zida esa bitta dinamiy mavjud, ammo tovushi yaxshigina baland. Deylik, telefon cho‘ntagingizda yoki sumkangizda payti qo‘ng‘iroq bo‘lsa, uni eshitmay qolmaysiz. Istasangiz, smartfondan tashqi kolonka sifatida ham foydalansangiz bo‘ladi.

XULOSA

Bugungi kunda O‘zbekiston bozorida Meizu M6 modeli hamyonbop narxi va yaxshi xususiyatlari bilan o‘z xaridorlarini topib kelmoqda. To‘g‘ri-da, axir, uning 2/16 gigabayt xotirali standart talqinini bor-yo‘g‘i 969 000 so‘mga, 3/32 gigabaytligini esa 1 058 000 so‘mga olishingiz mumkin! Bunaqa narx doirasidagi telefonlar ichida Meizu M6 eng maqbul variantlardan biri bo‘la oladi. Shuningdek, «Fleshka» texnomarkazi (xalq tilida – «Malika» savdo markazi) do‘konlarida va yurtimizdagi boshqa smartfon bozorlarda ham bu smartfon shu narx atrofida sotilmoqda.

Uning kamchiliklari ham yo‘q hisobi: bu modelda mavjud bo‘lmagan NFC moduliga O‘zbekiston sharoitida hojat ham yo‘q. Faqat asosiy kamerasining yakka modulli ekanini aytmasa, Meizu M6 juda yaxshi tanlov.

Ochig‘ini aytganda, ayni damda yurtimiz bozorlarida eng katta talab bilan xarid qilinayotgan hamyonbop smartfonlar Xiaomi brendiga mansub. Lekin Xitoyning o‘zida ushbu ikki kompaniya ham bir xil maqomda «xalqparvar» smartfonsoz ekanidan, o‘zaro raqobatlashib, bir-biridan sifatli mahsulotlar ishlab chiqarayotganidan ko‘pchilik bexabar.

Agarda tavsif bilan tanishib, sizda Meizu M6 xarid qilish istagi tug‘ilgan bo‘lsa, sizni tabriklaymiz – to‘g‘ri tanlov bu!

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

Terashop (2/16 GB) UZS 899 000.00 Sotib olish
Terashop (3/32 GB) UZS 965 000.00 Sotib olish

 Afzalligi

 Kamchiligi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!