Meizu M6s tavsifi: modalar ortidan quvgan hamyonbop smartfon

Meizu M6s tavsifi: modalar ortidan quvgan hamyonbop smartfon

O‘tgan yilning boshida Meizu kompaniyasi Meizu M6 modelining yangilangan Meizu M6s talqini taqdimotini o‘tkazdi. Avvaliga ko‘pchilik yangi model eskisining «pardozlanib», bir oz o‘zgartirish kiritilgan varianti bo‘lsa kerak, degan xayolga bordi. Biroq kompaniya brend ishqibozlariga kutilmagan yangiliklar, qiziqarli funksiyalarga boy smartfonni taqdim etdi.

Bugun Terashop.uz do‘konida 1,2 mln so‘mdan sotilayotgan Meizu M6s (32GB Black) smartfoni haqida to‘liqroq ma’lumot olishni istasangiz, quyidagi tavsifimiz aynan siz uchun. Unda ushbu aqlli telefonning texnik xususiyatlari, ko‘rinishi, ustunliklari va kamchiliklari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berishga harakat qilamiz. Tavsifni to‘liq o‘qib bo‘lgach, ushbu smartfonni sotib olish haqidagi qaroringiz qat’iy bo‘lishiga shubha qilmaymiz. Qani ketdik!

Texnik xususiyatlari

  • Protsessor: SoC Samsung Exynos 7872, 6 yader ARM (4×Cortex-A53 @1,6 GGs, 2×Cortex-A73 @2,0 GGs), grafika GPU ARM Mali-G71
  • Operatsion sistema: Android 7.0, Flyme 6.3 interfeysi bilan
  • Displey: IPS 5,7″, 1440×720 (18:9), 282 ppi
  • Xotira: 32/64 GB, OZU 3 GB + microSD 128 GB gacha (gibrid bo‘lma)
  • Sim-karta: 2 x nanoSIM
  • Simsiz texnologiyalar: Wi-Fi 802.11 a/b/g/n (2,4 GGs + 5 GGs), Bluetooth 4.1 (LE)
  • Asosiy kamera: 16 MP (piksel hajmi 1.12 mkm), 5 elementli ob’yektiv, apertura f/2.0, fazali (PDAF) avtofokus, ikki darajali chaqnoq
  • Old kamera: 8 MP (piksel hajmi 1.12 mkm), 4 elementli keng burchakli ob’yektiv, apertura f/2.0, ArcSoft selfi redaktori
  • Akkumulyator: olinmaydigan, litiy-polimerli, 3 000 mA*s, mCharge tezkor quvvatlash
  • O‘lchamlari: 152x72,5x8 mm
  • Vazni: 160 g

Komplektatsiya

  • Smartfon
  • Quvvatlash qurilmasi
  • Quvvatlash va kompyuterga ulash uchun kabel
  • SIM-kartalarni chiqarib olish uchun kalitcha

Komplektatsiyadagi eng muhim narsa – tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlovchi blok. Ishlab chiqaruvchilar odatda QuickCharge texnologiyasidan pulni tejaydi va foydalanuvchilar uni alohida sotib olishlariga to‘g‘ri keladi. Meizu bu borada saxiylik qildi.

Dizayn, ergonomika

M6 smartfonining korpusi mustahkam polikarbonatdan tayyorlangan bo‘lsa, M6s modeli anodlangan (sirti elektroliz usulida oksin pardasi bilan qoplangan) alyuminiy korpusga ega bo‘ldi. Bunda ishlab chiqaruvchi ushbu modelning tashqi ko‘rinishiga katta e’tibor qaratgan. Smartfon hamyonbop bo‘lsa ham, uning dizayni Pro smartfonlar darajasida ishlab chiqilgan. Jumladan, jilosiz qoplamali metall unibody-korpus va orqa paneldagi ayrim elementlar, masalan, keng radioshaffof qoplamalar o‘rnini egallagan ingichka, o‘ziga xos uslubda qayrilishlarga ega plastik tilim bilan bog‘liq. M6s uchun qora, oltinrang, kumushrang va ko‘k ranglar ko‘zda tutilgan.

Displey tomonlari mutanosibligi 18:9 etib belgilangani ham smartfonning tashqi qiyofasiga ta’sir ko‘rsatgani aniq. Ya’ni, ekranning uzunligi korpus ergonomikasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. 5,7 dyuyli M6s kengligi 5,2 dyuymli M6 modeliga nisbatan bir oz qisqaroq (72,8 mm o‘rniga 72,5 mm). Bu borada M6s 5,7 dyuym va «baland» ekranli «sinfdoshi» Xiaomi Redmi 5 bilan taqqoslanganda ham ustunroq – 72,8 mm emas 72,5 mm, vazni esa 157 g o‘rniga 160 g.

M6s korpusining old qismi, jumladan ekran chetlari bir oz qayrilib tayyorlangan 2.5D effektli shisha bilan himoyalangan.

Ekranning yuqori qismida zeb berilgan suhbatlashish karnayi, yorug‘lik va yaqinlashish datchigi (chapda), shuningdek old kamera ob’yektivi va ko‘k-oq nur taratuvchi yorug‘lik diodli chaqnoq (o‘ngda) joylashtirilgan. Chaqnoqni ishga tushirish uchun Light Flow ilovasini ishga turish talab etilishi mumkin.

Ekran ostidagi maydoncha bo‘sh – boshqaruv paneli «Ortga», «Asosiy» va «So‘nggi ilovalar (menyu)» virtual tugmachalari orqali amalga oshiriladi.

Chap yonda ovoz balandligini boshqarish tugmachasidan tashqari, nanoSIM formatidagi ikkita sim-karta uchun yopiq bo‘lmacha joylashtirilgan. Bunda ikkinchi sim-karta o‘rniga microSD xotira kartasi o‘rnatilishi ham mumkin. Bo‘lmachani ochishga mo‘ljallangan kalitcha komplektdan o‘rin olgan.

Barmoq izi skaneri o‘ng yondagi «chuqurcha»ga o‘ng qo‘lning bosh barmog‘i (chapaqaylar uchun, ehtimol, chap qo‘lning ko‘rsatkich yoki o‘rta barmog‘i) uchun juda qulay o‘ringa joylashtirilgan. Skaner maydonchasidan yuqoriroqda esa o‘chirish/yoqish tugmachasi o‘rin olgan.

Korpusning ustida faqatgina ikkinchi mikrofon uchun teshikcha qoldirilgan (ekran tomondan o‘ng burchakka yaqin joyda).

Pastki qismda microUSB tuynugi (yulduzcha ko‘rinishidagi ikkita vint o‘rtasida), uning ikki tomonida esa «multimedia» karnayining bezakli panjarasi (ekran tomondan o‘ngda), 3,5 mmli audio-tuynuk hamda suhbatlashish uchun mikrofon (chapda) joylashgan.

Orqa panelga Meizu logotipi tushirilgan. Undan teparoqda ikki tusli yorug‘lik diodli chaqnoq va metall gardishi bir oz bo‘rtib chiqqan asosiy kamera ob’yektivi joy olgan.

Orqa panelning pastki qismida esa kompaniya nomi, ishlab chiqarilgan mamlakat va mazkur smartfon modeli haqidagi qaydlar aks ettirilgan.

M6s smartfonini kaftda ushlash qulay va sirpanib tushib ketish ehtimoli past. Bir qo‘l bilan boshqarishga «Maxsus imkoniyatlar» ("Spets. vozmojnosti") bo‘limidagi maxsus sozlama yoki «aqlli» ishoralar yordam beradi.

Ekran

M6s smartfoni Meizu brendi ostida chiqarilgan uskunalar o‘rtasida birinchi bo‘lib tomonlari mutanosibligi 18:9 bo‘lgan va HD+ (1440x720 piksel) sig‘imli «yuqori» 5,7 dyyumli IPS-ekran bilan ta’minlandi. Bir dyuymda piksellar soni 282 ppi. Ko‘pchilikning nazarida ekran sig‘imi kichikdek ko‘rinadi. Bunga qisman qo‘shilish mumkin. Haqiqatdan ham bugun smartfonlar bozorida sig‘imi 2160x1080 bo‘lgan ko‘plab modellar mavjud. Ammo ular birinchidan qimmat, ikkinchidan ko‘p energiya talab qiladi. Tasvirlar sifatiga kelsak, aksariyat holatlarda ularga nisbatan e’tirozlar yo‘q: ko‘rish burchagi ajoyib, displey qatlamlari o‘rtasida havoli bo‘shliq yo‘qligi sababli quyosh nurlari ostida ham tasvirlar yaxshi ko‘rinadi, ranglarni tabiiy holatda uzatishi yaxshi, barmoq izlariga qarshi oleofob qoplama sifati ham yuqori. Biroq sig‘imning yetarli emasligi kichik shriftlarda yaqqolroq ko‘zga tashlanadi, ularda pikselizatsiya sezilib turadi.

M6s smartfonida ekran yorug‘ligi darajasini qo‘lda yoki avtomat («Avtoyorug‘lik») boshqarish mumkin. Multitach texnologiyasi bir vaqtda ekran sathiga besh marta teginishni aniqlashi AntTuTu Tester va MultiTouch Tester dasturlari orqali tasdiqlandi.

Ranglar quyuqligini sozlash orqali ranglarni «issiq» yoki sovuqroq qilish mumkin. Moviy rang harorat filtrini - ko‘zlarni himoyalash rejimini jadval bo‘yicha yoki istalgan vaqtda qo‘lda faollashtirish mumkin. Shuningdek, ko‘zlarni zo‘riqtirmaslik uchun shriftlar kattaligini ham o‘zgartirish mumkin. 2.5D effektli himoya shishasiga sifatli oleofob qoplama surtilgan.

Protsessor va ish samaradorligi

Odatda Meizu smartfonlarida MediaTek mikrosxemalari qo‘llaniladi. Biroq M6s modelida o‘rta sinfga mansub smartfon va fabletlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan 6 yadroli Samsung Exynos 5 Series 7872 mobil protsessori qo‘llanilgan. Uning kristali 14 nanometrli FinFET LPP texnologik jarayon bo‘yicha tayyorlangan va 1,6 GGsgacha chastotada ishlovchi 4 ta ARM Cortex-A53 hamda 2 GGsgacha chastotali 2 ta ARM Cortex-A73 yadrosini o‘z ichiga oladi. Grafik operatsiyalarni tezlashtirish uchun 1,2 GGs chastotali bitta blokni o‘z ichiga olgan Mali-G71 MP1 yordamchi protsessori qo‘llanilgan. E’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, Exynos 5 Series 7872 samaradorlik borasida Snapdragon 625 chiplaridan ustunlikka ega, tasvirlarni qayta ishlashda esa alohida afzallikka ega emas.

Exynos 5 Series 7872 platformasidagi qurilmalarga 1920x1200 pikselgacha sig‘imga ega displeylar o‘rnatilishi mumkin. Protsessor o‘tkazuvchanlik qobiliyati soniyasiga 12,8 Gbit bo‘lgan LPDDR3 operativ (tezkor) hamda o‘qish tezligi 250 MB/s, yozish – 125 MB/s  flesh kartalaridan foydalanishga imkon beradi. Simsiz quvvatlash texnologiyasi va kommunikatsiyalar  (Wi-Fi 802.11n va Bluetooth 5.0), shuningdek GPS va GLONASS sun’iy yo‘ldosh tizimlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Ichiga o‘rnatilgan LTE-modem (Cat.7/Cat.13) 300 Mbit/s gacha tezlikdagi ma’lumotlarni qabul qilish hamda 150 Mbit/s gacha tezlikda uzatish imkoniyatiga ega. M6s bortiga 3 GB tezkor xotira o‘rnatilgan.

Meizu M6s AnTuTu benchmarkida o‘rnatgan natijalari

Meizu M6s GeekBench benchmarkida o‘rnatgan natijalari

Meizu M6s 3DMark benchmarkida o‘rnatgan natijalari

Asosiy testlardan olingan natijalar o‘rta sinfga oid smartfonlar uchun xos. «Og‘ir» o‘yinlar uchun ushbu model maqbul tanlov emas.

M6s ichki xotirasi hajmi 32 GB yoki 64 GB bo‘lishi mumkin. Xotira hajmini 128 GBgacha bo‘lgan microSD/HC/XC xotira kartalari bilan kengaytirish mumkin. Biroq undan foydalanish uchun ikkinchi sim-kartadan voz kechishga to‘g‘ri keladi. USB-OTG texnologiyasi smartfonni USB-fleshkalarga ulashga imkon beradi.

Har ikki bo‘lmacha ham 4G tarmog‘ida ishlaydi. Bir vaqtda ikkita nanoSIM-karta o‘rnatilgan taqdirda, Dual SIM Dual Standby (DSDS) rejimida bitta radiokanaldan navbatma-navbat foydalanadi. Sizmiz kommunikatsiyalar jamlanmasida Bluetooth 4.1 (LE) va Wi-Fi 802.11 a/b/g/n (5 GGs + 2,4 GGs) o‘rin olgan, biroq NFC interfeysi ko‘zda tutilmagan.

GPS Test dasturi natijalariga ko‘ra qo‘nimni aniqlash va navigatsiyada GPS va GLONASS sun’iy yo‘ldoshlari signallaridan foydalaniladi. A-GPS texnologiyasini ham qo‘llab-quvvatlaydi.

Kameralar

Smartfon orqa kamerasi 16 megapiksel bo‘lib, bitta pikselning hajmi 1,12 mikrometrni (1 mikrometr - metrning milliondan bir qismiga teng) tashkil etadi. 5 ta elementdan iborat bo‘lgan ob’yektiv esa qorong‘u joylarda sifatliroq rasmga olishni kafolatlovchi f/2.0 qorachiq (apertura/diafragma) hamda harakatdagi ob’yektlarni videoga olishda juda qo‘l keluvchi tezkor fazali avtofokus bilan ta’minlangan. Tomonlari nisbati 4 ga 3 ni tashkil etgan fotosuratlarning eng yuqori sig‘imi 4608x3456 nuqtani (16 MP) tashkil etadi.

O‘z navbatida, 8 megapikselli sensor (bir piksel hajmi 1,12 mkm) f/2.0 yorug‘lik kuchiga ega keng burchakli va 4 linzali ob’yektivga ega bo‘ldi. Biroq u avtofokus va chaqnoqsiz. Eng katta hajmli fotosuratlar 3264x2448 (8 MP, 4:3) nuqtani tashkil etadi.

Ushbu kameralar bir soniyada 30 kadrli Full HD (1920x1080 sifatga ega videolarni yozish qobiliyatiga ega bo‘lib, fayllarni MP4 (AVC - video, AAC – tovush) konteynerlarida saqladi. Taymlapslarni qayd etish uchun 0,5; 1; 2; 4 va 8 soniyalik vaqt oralig‘i ko‘zda tutilgan. Sekinlashtirilgan tasvir 60 soniya bilan cheklangan bo‘lib, HD (1280x720) formatda suratga tushiradi.

«Kamera» ilovasida asosiy ekraning pastida tasvirni boshlash uchun sensorli tugmacha joylashtirilgan. Gorizontal svayp bilan «Portret», «Avto» yoki «Video» tasvirga olish rejimlari tanlanadi. Yuqoridagi piktogrammalar esa kerakli filtrlarni belgilash, HDR rejimini faollashtirish, chaqnoq rejimini belgilash hamda qo‘shimcha rejimlar yoki sozlamalar menyusiga o‘tishda qo‘llaniladi. Yettita qo‘shimcha rejim, masalan, «Qo‘lda sozlash» va «Skaner» rejimlarini o‘z ichiga oladi. Sozlamalarda esa, jumladan, fotosuratlar hajmi va videolar sifatini o‘rnatish mumkin.

Akkumulyator va avtonomlik

M6s modeliga o‘rnatilgan chiqarilmaydigan akkumulyator sig‘imi 3 000 mA*s ni tashkil etadi. Bunda mCharge 3.0 tezkor quvvatlash texnologiyasi ko‘zda tutilgan. Smartfon bilan komplektdagi 18 vatli UP1220E (5 V/9 V/12 V, 2 A) quvvatlash adapteri yordamida taxminan yarim soatda batareyani yarmigacha quvvatlash mumkin.

AnTuTu Tester dasturida smartfon akkumulyatori 8 367 ball to‘pladi. HD-sifatli MR4 formatidagi videoroliklar jamlanmasini ekran yorug‘ligini maksimal darajaga chiqarib uzluksiz ko‘rilganda, akkumulyator quvvati 6,4 soatga yetdi.

«Batareya» bo‘limida akkumulyator quvvatini tejashning ikki xil rejimi (jumladan «Super-rejim») tavsiya etiladi. Biroq ular ishga tushirilganida smartfon to‘liq samaradorlikda ishlamaydi.

Dasturiy o‘ziga xosliklar

Smartfon Android 7.0 (Nougat) operatsion sistemasi boshqaruvi ostida ishlaydi. OS Flyme OS 6.3.1.0G interfeysi bilan qoplangan. Mazkur loncherda ilovalar menyusi mavjud emas, dasturlar, xatjildlar va vidjetlar yorliqlari ish stolining o‘zida joylashgan. Yuqoridan pastga svayp qilinganda tushuvchi «parda»da tezkor sozlamaga mo‘ljallangan 15 ta belgi joylashtiriladi, yana uchtasi, jumladan skrinkast (ekrandan yozib olingan video) qo‘shimcha ro‘yxatdan o‘rin olgan. Ko‘rishda muammosi bo‘lganlar yoki haydovchilar uchun kattalashtirilgan piktogramma va yozuvchi «yengil» rejimi qo‘l kelishi aniq.

M6s smartfoni foydalanuvchiga boshqarishning ikki xil usulini taklif etadi. Ulardan biri ekran ostidag an’anaviy «Ortga», «Asosiy» va «Ozirgi ilovalar(menyu)» tugmachalari bo‘lgan klassik boshqaruv. Ikkinchi usulda esa ekran ostidagi tugmachalar yo‘qolib, smartfon Meizuning o‘ziga xos «halqacha» usulidagi ishorasi orqali boshqariladi. Bunda Flyme interfeysida displeyning pastki qismida Super mBack sensor tugmachasi o‘rnatilgan. «Halqacha» ko‘rinishida ekranga bosish bilan asosiy ekranga qaytiladi, o‘ngga va chapga svayp orqali esa ishga tushirilgan ilovalarga o‘tiladi. Ishga tushirilgan barcha dasturlar ro‘yxatini ochish uchun ekranning pastki qismidan yuqoriga svayp amalga oshirilishi lozim.

Qanday sozlanishidan kelib chiqib, ishlatilayotgan ilovalar gorizontal yoki vertikal holatda ochiladi. Bunda «Barchasini yopish» tugmachasi ekranning pastida (gorizontal ro‘yxat uchun) yoki tepasida (vertikal ro‘yxat uchun) joylashgan bo‘ladi.

«Maxsus imkoniyatlar» bo‘limida bolalar, o‘yin va klassik Flyme kabi maxsus rejimlar joylashtirilgan. Xuddi shu yerda smartfonni tezkor «uyg‘otish» uchun ishoralar ham o‘rin olgan.

Smartfonning o‘ng «biqini»ga joylashtirilgan mTouch 2.1 barmoq izi skaneri tez ishlaydi, bir vaqtda beshtagacha barmoq izini saqlash hamda 0,2 soniya ichida har qanday burchak ostida papillyar izlarni aniqlash xususiyatiga ega. Ushbu qurilma yordamida nafaqat smartfonga kirishni cheklash, balki har qanday ilovani ishga tushirishga cheklov qo‘yish ham mumkin. Bundan tashqari, ro‘yxatga olingan barmoqlardan birini «shaxsiy» rejim uchun tanlash mumkin.

Wi-Fi tarmog‘iga ulanish uchun uning xavfsizligini tekshirish, bundan tashqari, ma’lumotlar almashish tezligini aniqlash mumkin.

Xulosalar

«Baland» ekranlar modasi ortidan borayotgan Meizu kompaniyasi o‘z smartfonlari dizaynini yangilashni boshlagan. Hamyonbop M6s smartfonida esa nafaqat dizayn, balki Pro-seriyasiga xos bo‘lgan metall korpus ham qo‘llanilgan. Bundan tashqari, qurilmaning orqa kamerasi sifati, mCharge tezkor quvvatlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlashi, o‘ng yondagi barmoq izi skaneri bilan ham ajralib turadi.

Biroq xotirani kengaytirish uchun ikkinchi sim-kartadan voz kechish kerakligi, displey sig‘imining nisbatan pastligi (HD+) hamda NFC interfeysining mavjud emasligi uning ojiz tomonlaridan hisoblanadi.

Yutuqlari:

  • Ixcham metall korpus
  • «Baland» ekran
  • Asosiy kamera
  • mCharge tezkor quvvatlash
  • Yon tomondagi barmoq izi skaneri
  • Boshqaruv panelining ikki talqini

Kamchiliklari

  • Displey sig‘imining pastroq ekani (HD+)
  • NFC interfeysi mavjud emas
  • Ikkinchi sim-karta o‘rniga xotira kartasi qo‘yilishi

Xulosa

0балл

Qaerdan sotib olish mumkin?

Terashop.uz UZS 1 425 000.00 Sotib olish

 Afzalligi

 Kamchiligi