Meizu M8: rasmini ko‘rmoqchimisiz, marhamat!

  •   Saroy
  •  781
  •  12.09.2018 15:27

Meizu M8: rasmini ko‘rmoqchimisiz, marhamat!

Xitoylik insayderlar Meizu M8 smartfonining yashirin yo‘l bilan olingan suratini e’lon qildi. Surat TENAA bazasida M813Q indeks raqamida paydo bo‘lgan.

O‘QING:Meizu 16x asosiy raqibi – Mi 8 Youth bilan bir kunda maydonga tushadi!

Yangi qurilma manbalarda  Mblu V8 nomi bilan ham berilmoqda. Bu, Meizu M8’ning  Xitoy bozoridagi ikkinchi nomi hamdir. Kompaniyaning ushbu ikkinchi brendi bilan eksperimenti o‘tgan yili boshlangan edi, O‘shanda Meizu M6s Chin mamlakatida Mblu S6 bo‘lib chiqqan edi.  Ma’lumki, smartfon 5.7-dyuymli tomonlar nisbati  18:9 bo‘lgan va formati 1440×720 ekrani bilan ta’minlangan. Ichiga 2  GGs chastotali, tezkor xotirasi 4 GB bo‘lgan sakkiz yadroli noma’lum protsessor o‘rnatilgan. Asosiy ikkitalik kamera 12+5 MP, old moduli 5-megapikselli. Akkumulyator sig‘imi 3000 mAch yoki shunga yaqin. Yelkasida barmoq izlari skaneri joylashgan.

O‘QING:MEIZU M6s: ko‘p narsa o‘zgarganidan xabaringiz bormi?

Yangi rasmida antenna yo‘laklarini payqash mumkin, demak, Meizu M8 korpusi metalldan bo‘ladi. Kichik modeli bo‘lgan  Meizu M8 Lite (M816Q) esa, plastik qoplamaga ega bo‘lsa kerak.

Meizu M8 va M8 Lite smartfonlarining rasmiy anons sanasi hozircha e’lon qilinmadi, ammo kompaniya soddalashtirilgan versiyasi bo‘lgan  Meizu 16x flagmanini reklama qilishni boshlab yuborgan, demak tez kunlarda sotuvga ham chiqsa kerak, deyiladi ushbu xabarda.

O‘QING:To‘liq tavsifi berildi: MEIZU 16 eng tezkor Android-smartfo

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!