Meizu Mix – konservativ ruhdagi aqlli soat

Meizu Mix – konservativ ruhdagi aqlli soat

Xitoyning Meizu kompaniyasi Meizu Mix nomli milli siferblatga ega bo‘ladigan aqlli soat ustida ishlamoqda. Milli siferblat Shveysariya soatlarida qo‘llaniladigan mexanizm asosida harakatlanadi.

meizu_mix_1_resize

meizu_mix_2_resize

 Foydalanuvchining jismoniy faolligini kuzatish va smartfondagi hodisalar haqida xabar berish  Meizu Mix’ning asosiy funksiyalari hisoblanadi. Soatda buning uchun yorug‘lik diodi va vibromotor o‘rnatilgan. Soatda boshqa elektronikaning yo‘qligi va kam quvvat sarfladigan Bluetooth Low Energy texnologiyasi qo‘llanilgani tufayli undan maksimal 240 kun davomida foydalanish mumkin bo‘ladi. Soatdagi akkumulyator sig‘imi – 270 mA/soat.

meizu_mix_6_resize

meizu_mix_7_resize

Gadjetning korpusi zanglamas po‘latdan ishlangan, suvga chidamli. Shu bilan birga unga didga qarab bog‘ichlar tanlasa bo‘ladi. Bunday gadjetlar klassika va minimalizmni ma’qul ko‘radigan foydalanuvchilar juda manzur bo‘lishi aniq.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!