Meizu Note 8 Plus – to‘rt modulli kameraga ega ikkinchi smartfon!

  •   DiMaX
  •  747
  •  16.11.2018 14:59

Meizu Note 8 Plus – to‘rt modulli kameraga ega ikkinchi smartfon!

Joriy yilning oktyabr oyi oxirida Meizu kompaniyasi qo‘shaloq kamerali Meizu Note 8 planshetofonini namoyish etgandi. Ishlab chiqaruvchi o‘z an’anasiga sodiq qolgan holda, uning taqdimotini e’lon qilayotib, boshqacha yo‘l tutgan: taklifnomasiga nimcha ham qo‘shib tarqatgan.

O‘QING: Meizu Note 8 namoyish qilindi: Xiaomi Mi A2 Lite’ga raqobatchi bo‘lmoqchi

Shu kunlarda aniqlanishicha, mazkur kompaniya endi Meizu Note 8 Plus modelini ham namoyish etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Model raqami M1823 bo‘lgan ushbu qurilmaning ham daktiloskopik datchigi orqa panelida qoladi. Lekin uning asosiy kamerasi naq to‘rtta ob’yektivga ega!

Ayni damda bozorda bunaqa kamerofon yagona – Samsung Galaxy A9 hisoblanadi. Ammo uning orqa paneli yuqori chap burchagidagi bosh kamerasining sensorlari tikkasiga joylashgan. Meizu Note 8 Plus fabletida bo‘lsa asosiy kamera optik datchiklari Huawei P20 turkumi flagmanlaridagi kabi joylashgan.

Aytish kerakki, Terashop.uz internet-do‘konimizda Meizu, Huawei, Samsung va boshqa kompaniyalarning turli rusumlardagi smartfonlari rasmiy kafolati bilan savdoga qo‘yilgan.

O‘QING: Meizu 16s ham Galaxy S10 va Mi 9 darajasida kuchli bo‘lyapti!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!