Meizu o'z muxlislari dizayniga asoslangan Meizu 19 smartfoni prototiplarini ko'rsatdi

Meizu o'z muxlislari dizayniga asoslangan Meizu 19 smartfoni prototiplarini ko'rsatdi

Bir necha oy avval Meizu o'zining rasmiy Weibo sahifasida muxlislar dizayniga asoslangan Meizu 19 smartfoni konsept renderlarini ulashgan edi. Kompaniya ularni shunchaki konseptligicha qoldirmagan ko'rinadi – kecha Xitoyda bo'lib o'tgan taqdimotda Meizu ularning protiplarini namoyish qildi.

O'nlab noodatiy dizayndagi ushbu Meizu 19 prototiplari orasida panda ko'rinishidagi kamera dizayniga ega model ehtimol eng ajoyib va yoqimli ko'rinadi. Shuningdek, smartfonlar orasida buklanadigani ham bor. U ham Galaxy Z Flip 4 kabi orqa tomonida qo'shimcha ekranga ega, faqat u kamera ostida, vertikal ravishda birlashtirib yuborilgan. Shuningdek, suratlarda 5 kamerali va orqa tomonida qo'shimcha ekranga ega ko'plab prototiplarni ko'rishingiz mumkin.

Afsuski, bularning barchasi shunchaki konsept loyiha bo'lib, ular "hayotga keltirilmaydi". Biroq, taqdimot davomida kompaniya o'zining 20 yilligi munosabati bilan Meizu 20 va Meizu 20 Pro flagmanlarini chiqarishini rasman ma'lum qildi. Ular kelasi yil chiqarilishi kutilmoqda.

O'QING: Samsung'ning 2022 yildagi muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz gadjetlari

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!