Meizu Pro 7 qachon taqdim etilishi ma’lum bo‘ldi

Meizu Pro 7 qachon taqdim etilishi ma’lum bo‘ldi

Internetda tarqalgan tizerga ko‘ra, xitoylik Meizu Pro 7’ning taqdimoti 13 sentyabrda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Shuningdek, AnTuTu benchmarkida paydo bo‘lgan parametrlar, Pro 7 QHD (piksel sig‘imi – 2560×1440) aniqligidagi ekran, 12 MPli asosiy va 5 MPli old kamera, 4 GB tezkor xotiraga ega bo‘lishini tasdiqlamoqda.  Eng qizig‘i, model sakkiz yadroli  Samsung Exynos 8890 protsessorida ishlaydi. Bundan tashqari, MediaTek chipli variantining chiqarilishi ham taxmin qilinmoqda. Qurilmaga o‘rnatilgan LTE-modem fayllarni 600 Mbit/s tezlikda yuklab olish imkoniyatini beradi. Akkumulyator sig‘imi 3500 mA/soat. Meizu Pro 7 Android platformasining Marshmallow versiyasida ishlaydi.

Yana bir muhim yangilik:  Meizu Pro 7 qayirma displeyga ega bo‘ladi. Hozirda bunday ekranni faqat Samsung flagmanlarida uchratish mumkin.