Meizu Super mCharge aqlbovar qilmas qulaylikni va’da qilmoqda

Meizu Super mCharge aqlbovar qilmas qulaylikni va’da qilmoqda

Meizu kompaniyasi muhandislari tomonidan 2017 yilning fevralida, MWC 2017 xalqaro anjumanida Super mCharge tezkor quvvat olish texnologiyasi namoyish qilingan edi. Taqdimot chog‘ida mazkur texnologiyaga ega ilk gadjetning 2017 yilning yakunida yaratilishi ma’lum qilingan.

Uzoq davom etgan sukutdan keyin Meizu o‘zining Twitter tarmog‘idagi sahifasida quyidagi reklama suratini e’lon qildi.


Unda shunday fikrlar yozilgan: "Super mCharge imkoniyatlarini ishga solish uchun biz 4 marotaba ko‘proq elektr tokini jam qiluvchi  akkumulyator batareyalaridan foydalandik".

Ko‘rinib turibdiki, ishlab chiqaruvchi nafaqat Super mCharge tezkor olish texnologiyasini, shu bilan birga buning uchun maxsus akkumulyatorlarni yaratgan. Bugungi kunda o‘rtacha akkumulyator sig‘imi 3000 mA soat ekani hisobga olinsa, yaqin vaqt ichida smartfonni quvvatlash sanoatida tub o‘zgarish sodir bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Super mChage 11V/5A quvvatlash qurilmasi hamda maxsus kabel yordamida smartfonlarni tezkor quvvatlaydi. Misol uchun, bunda elektr toki sig‘imi 3000 mA soat bo‘lgan akkumulyator 100 foiz quvvat olishi uchun 20 daqiqa kerak bo‘ladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!