«Men bilan urishish uchun senga hali ancha bor!» – ikki o‘zbek bokschisi Instagram’da «jang» qildi
Kuni kecha Instagram sahifasida Shohjahon Ergashev va Shahram G‘iyosov o‘zaro izoh almashishgan. Boksyorlarning bu yozishmalari to‘g‘risida Olamsport nashri xabar bermoqda.
O‘QING: Ronaldu rekordidan so‘ng Pele o‘z Instagram’ida gollari sonini oshirib qo‘ydi
Shohjahon Ergashev oldin Shahram G‘iyosovga jangga yaxshiroq tayyorlanishni yozgan edi.
Shahram G‘iyosov ham Ergashevga quyidagicha javob bergan:
Shahram: Men bilan urishish uchun senga hali ancha bor...60kgli temirlar yordam bermaydi senga, yaxshiroq trenerovka qil.
Shohjahon: Ko‘rdik kimlarni urib yurganiningni seni ham. Sal pastroq tush. Kel vaqtga qo‘yib beraylik ring ko‘rsatsin. Insha Alloh 2-0 bo‘ladi hisob.
Shahram: Men endi gapirmay, kimlar bilan tushib yurganingni. Uyat kerak katta gapirishga! Ringda gaplashamiz!
Nima ham derdik, kuzatamiz...
O‘QING: Instagram'da eng ko‘p folloverga ega akkauntlar TOP 20 taligi bilan tanishing