«Meni Marsga dafn eting» – Ilon Mask «Qizil sayyora»ni zabt etish vaqtlarigacha aytdi

  •   DiMaX
  •  1795
  •  03.12.2020 17:36

«Meni Marsga dafn eting» – Ilon Mask «Qizil sayyora»ni zabt etish vaqtlarigacha aytdi

Novator tadbirkor va sayyoraning ikkinchi raqamli boy kishisi kuni kecha Axel Springer nashriyot uyi rahbari Matias Dyopfnerga intervyu berdi. Ilon Mask unda, jumladan, «Qizil sayyora»ni ishg‘ol qilish bilan bog‘liq rejalarini ham o‘rtoqlashgan.

O‘QING: Ilon Mask xalqaro qonunlarni tan olmaydi – Marsda u o‘z qonunlarini o‘rnatmoqchi!

Ilon Maskning so‘zlariga ko‘ra, Starship kosmik kemasi bortida ekipaji bilan olti yildan so‘ng – 2026 yilda Mars sathiga qo‘nadi. Ushbu grafikka uning «to‘liq ishonchi komil», zero, mazkur grafik nafaqat SpaceX kompaniyasining ushbu loyiha ustidagi ishlariga, balki «Qizil sayyora»ning harakat davriyligiga, Quyoshga ro‘para turishiga ham asoslangan. Aynan shu pallada Mars bizning sayyoraga eng yaqin keladi; natijada unga kema uchirishda vaqt hamda yonilg‘i tejaladi.

Marsning ro‘para turishi har 26 oyda takrorlanuvchi davriylikka ega. Shunga asoslanib, SpaceX bu sayyoraga ekipajsiz Starship fazo kemasini ikki yildan so‘ng uchirmoqchi. Agar hammasi yaxshi kechsa, odamlar Marsga 2026 yilda emas, balki ikki yil oldin – 2024 yiliyoq uchishlari ham mumkin.

Tesla kompaniyasi asoschisi ushbu suhbatda o‘zining Mars sayyorasiga dafn etilishini istashini tasdiqladi. Buning kosmik kema halokati tufayli emas, balki tabiiy sabablarga ko‘ra vafotidan so‘ng ro‘y berishini xohlayotganini ham aytib o‘tdi.

O‘QING:  UChRAShIB QOLSAK: o‘zga sayyoraliklar bizni tushunmasa, biz ularni tushunmasak..?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!