Mercedes ilk to‘liq uzatmali elektrik vezdexodini namoyish etdi

  •   DiMaX
  •  789
  •  19.10.2020 14:09

Mercedes ilk to‘liq uzatmali elektrik vezdexodini namoyish etdi

Yevropadagi yetakchi mashinasozlardan bo‘lgan Mercedes-Benz kompaniyasi elektromobillar yo‘nalishida ham yaxshi rivojlanib bormoqda. Jumladan, u yaqinda Vision EQXX rusumli rekordchi elektromobilni e’lon qilgan edi.

O‘QING: Elektrokarlar davri: Germaniya avtosanoati dunyodagi yetakchiligini boy beryaptimi?

Mercedes-Benz endi o‘zining birinchi to‘liq elektrik yo‘ltanlamas mashinasini ko‘rsatdi. Mazkur vezdexod 4x4² turkumiga mansub bo‘lib, eng qiyin sharoitlarda ham yura oladi.

Nemis kompaniyasi mutaxassislari aslida toza energiyaga asoslangan ko‘plab original mashina loyihalarini ishlab chiqishmoqda. Biroq ularning aksariyati faqat Mercedes-Benz’ning texnologik ustunligini ko‘rsatish uchun taqdim etiluvchi konseptlar bo‘ladi. Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, yangi – EQC 4x4² modeli unaqa emas – bu modelni bozorga ham chiqarishadi.

E400 4x4² modeli kattaytirilgan – 293 millimetrlik klirensga ega, shuning evaziga 400 millimetrgacha to‘siqlardan olib o‘ta oladi. Elektrokar dvigatelining quvvati 402 ot kuchiga teng.

Mercedes konserni ushbu elektromashinasini qachon ommaviy ishlab chiqara boshlashi va narxini hozircha ma’lum qilmagan.

O‘QING: Lucid Air elektromobili Tesla’ning barcha rekordlarini bir pul qildi! («jonli» video)