Messenjerlar foydalanuvchilari uzoq kutgan muhim funksiya birinchi bo‘lib Skype’ga joriy etildi!

  •   DiMaX
  •  917
  •  17.07.2018 10:07

Messenjerlar foydalanuvchilari uzoq kutgan muhim funksiya birinchi bo‘lib Skype’ga joriy etildi!

Microsoft kompaniyasi Skype messenjerining yirik yangilanishini taqdim etdi. Unda kompyuterlar uchun yangi interfeysdan tashqari, ilovaning o‘zida suhbatlar va videokonferensiyalarni yozib olish funksiyasi ham bor.

O‘QING: Skype, Viber, WhatsApp bilan bog‘liq muammolar nihoyat bartaraf etildi

Aytish kerakki, avvallari Skype orqali amalga oshiriladigan qo‘ng‘iroqlarni yozib olish uchun chet ilovalar qo‘llanar edi. Endi esa bu funksiya shu messenjerning o‘zigayoq joriy etildi.

Suhbatlar va videochatlarni yozib olish uchun messenjerdagi bittagina tugmachani bosish kifoya. Skype shu ondayoq muloqotni «bulutli» serveriga yozib ola boshlaydi.

Skype’ning bu yangi funksiyasi nafaqat ovozlarni, balki konferensiyaning barcha ishtirokchilari videolarini ham yozib oladi. Shu jumladan, Ish stoli va ilovalar translyasiyalarini ham.

Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, muloqotlarni yozib olish funksiyasini g‘araz niyatlarda – suhbatdoshlarga bildirmasdan ishlatib bo‘lmaydi. Chatdagilardan kimdir yozib olish funksiyasini ishga tushirsa, shu zahotiyoq boshqalariga bu haqda bildirishnoma boradi.

Yangi funksiya shu oyning o‘zidayoq Skype’ning barcha – iOS, Android, Windows, MacOS va Linux versiyalariga tatbiq etiladi.

O‘QING: Telegram va Skype’da bepul PROMT tarjimoni ishga tushdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.