Meta o'zining yangi avlod VR qurilmasini namoyish qildi

Meta o'zining yangi avlod VR qurilmasini namoyish qildi

Meta kompaniyasi o'zining yangi avlod VR qurilmasi, Quest Pro'ni namoyish qildi. Quyida uning yangi dizayni, ekrani, protsessori va xususiyatlari bilan batafsil tanishamiz.

Quest Pro sezilarli darajadagi dizayn o'zgarishiga ega bo'lib, uni boshingizga yostiqli plastik tasma bilan kiyishingiz mumkin. Uning batareyasi muvozanatni tiklash uchun qurilmaning orqa tomoniga o'tkazilgan. Qurilma og'irligi 722 grammni tashkil qiladi. Ta'kidlash joizki, bu avvagli Quest 2'dan 503 (gramm) biroz og'irroq.

Odatda, Quest Pro'ning ingichka linza tizimi bilan siz qurilmani taqqaningizda uning ostida ko'proq bo'sh joyni ko'rishingizni mumkin. Ammo, qo'shimcha yuz maskalari bilan siz bu teshiklarni to'sib qo'ya olasiz.

Meta o'zining yangi Quest Pro modeliga siz avvalgi VR qurilmalarda topa olmaydigan ikki yangi xususiyatni qo'shgan bo'lib, ulardan biri ko'zlaringiz va yuzingizni kuzatish uchun mo'ljallangan ichki old kameralardir. Ular siz qachon kulsangiz, ko'zingizni qissangiz yoki qoshingizni ko'tarsangiz, avataringiz ham shunday yuz ifodalarini ko'rsatish imkonini beradi.

Yana biri yangi xususiyat esa ranglarni to'liq o'tishi bo'lib, bunda qurilmaning yuqori rezolyutsiyali tashqi kameralari atrofingizdagi narsalarni suratga oladi va ularni render qilib, sizga virtual ko'rinishda taqdim qiladi.

Texnik xususiyatlarga keladigan bo'lsak, Quest Pro VR qurilmasi Qualcomm'ning yangi taqdim qilingan Snapdragon XR2 Plus chipsetida ishlaydi va bu avvalgi Quest 2'dan ko'ra 50% ko'proq quvvat bera oladi. Shuningdek, qurilmaning operativ xotirasi 6GB dan 12GB ga ko'tarilgan va u 256GB xotiraga ega. Uning ikkita LCD panellari sizga har bir ko'z uchun 1800x1920 piksel rezolyutsiyasini taklif qiladi.

Quest Pro kontrollerlari esa endi uzukli dizaynda emas. Avvalgi VR bosh kiyim kontrollerni kuzatish uchun ularning uzuk shaklidagi LED chiroqdan foydalangan bo'lsa, bu safargi yangi kontrollerlar kuzatuvchi kameralar bilan jihozlangan. Shuningdek, Meta kontrollarning AA batareyalarini ichki batareyalar bilan almashtirgan, ya'ni ularni VR bosh kiyim bilan quvvatlovchi dokda zaryadlash mumkin. Biroq, batareyanining "minusi" bo'ldi: avvalgi Quest 2 kontrollerlari quvvati 2-3 soatga yetgan bo'lsa, Quest Pro kontrollerlari 1-2 soatga yetishi aytilmoqda.

Meta Quest Pro uchun allaqachon 1499 dollar narxda buyurtma berishingiz mumkin. Ularni yetkazib berish esa 25-oktabrdan boshlanadi.

O'QING: Tsukerbergning meta olamida uzoq kutilgan o‘zgarish

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.