Metacritic reytingi: 2020 yilning eng zo‘r beshta o‘yini (+video)

  •   DiMaX
  •  900
  •  09.01.2021 11:03

Metacritic reytingi: 2020 yilning eng zo‘r beshta o‘yini (+video)

Yodingizda bo‘lsa, Valve kompaniyasi o‘zining Steam Awards 2020 tanlovi doirasida o‘nta yo‘nalishda yilning eng zo‘r o‘yinlarini e’lon qilgan edi. Endi esa taqrizlar agregatori – Metacritic resursi ham bu borada o‘z reytingini chiqardi.

O‘QING: Antiqa reyting: 2020 yilning eng yomon o‘nta o‘yini!

Metacritic o‘tgan yil davomida chiqqqan reytinglardan xulosalab e’lon qilishicha, barcha relizlar orasida eng yuqori ballni Persona 5 Royal o‘yini olgan. Yapon o‘yinsozlarining ushbu mahsuloti 2020 yilning mart oyida PlayStation 4 konsoli uchun eksklyuziv bo‘lib chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, Metacritic reytingida 100 balldan 95 ball olishga erishgan Persona 5 Royal avvalroq 2020 yilning birinchi yarmidagi eng zo‘r 20 ta o‘yin reytingida ham g‘olib bo‘lgan edi.

O‘QING: Eng zo‘r o‘yinlarning o‘nta reytingi: bunga qo‘shilmaslik qiyin!

Metacritic reytingida liderga eng yaqin – 93 ballik natijani The Last of Us Part II o‘yini ko‘rsatgan. Eslatib o‘tamiz – u The Game Awards 2020 tanlovining mutlaq g‘olibi bo‘lgan edi.

Uchinchi o‘rin PlayStation 4 uchun chiqarilgan Dragon Quest XI S: Echoes of an Elusive Age o‘yiniga nasib etdi. Kuchli beshtalikka yana Nintendo Switch pristavkasiga moslab taqdim etilgan Hades o‘yini hamda Half-Life: Alyx ham kirgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq biz Golden Joystick 2020 marosimida 25 ta nominatsiya bo‘yicha taqdirlangan eng zo‘rlarini, shuningdek, smartfon egalari 2020 yilda eng ko‘p pul sarflagan o‘yinlar ro‘yxatini e’lon qilganmiz.

Bulardan tashqari, Google Play talqinida 2020 yilning eng zo‘r Android-o‘yinlari hamda Apple’ning turli gadjetlari uchun 2020 yilgi eng zo‘r o‘yin va ilovalar reytinglari ham sizni befarq qoldirmasa kerak.

O‘QING: Amir Temur sharafiga yaratilgan ilk videoo‘yin – «Mangu Sarkarda»ni qarshi oling! (+video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.