Metaolam smartfoni?

Metaolam smartfoni?

Bir paytlar Android smartfonlari bozorida 50 foizdan ortiq ulush bilan hukmronlik qilgan HTC kompaniyasi so'nggi yillarda umuman "ko'rinmay ketgan" edi, lekin taniqli brend tez orada yangi mobil qurilma bilan kuchli kambek qiladigan ko'rinadi. Kompaniyaning rasmiy Twitter sahifasida ma'lum qilinishicha, 28-iyun kuni HTC yangi mahsulotni taqdim qiladi.

Ulashilgan tizer suratdan ko'rish mumkinki, qurilma "Viverse" oilasiga mansub bo'ladi va u smartfon bo'lishi aniq. "Viverse" esa HTC tomonidan shunday ta'riflanadi: "Odamlarni hayot yo'llaridan ochiq virtual dunyoga bog'laydigan metaolam ekotizimidir." Shunday qilib, yuqori darajada bo'lishi aytilayotgan yangi HTC smartfoni metaolam xususiyatlari bilan integratsiyalashadi.

HTC ham Meta kabi o'z e'tiborini virtual olamga qaratgan va uning Viverse ekotizimi "sobiq Facebook"ga raqobatchilik qiladi.

Agar HTC'ning bo'lajak smartfoni metaolamga asoslanib chiqarilgan bo'lsa, bu uning birinchi noodatiy telefoni bo'lmaydi. Kompaniya 2018-yilda kriptovalyutaga qaratilgan Exodus 1 smartfonini chiqargan edi, lekin u unchalik omma e'tiborini tortmagan. Bu safargi yangi smartfon qanday bo'lishini esa vaqt ko'rsatadi.

O'QING: Nothing'ning ilk smartfoni qachon taqdim qilinishi rasman ma'lum qilindi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!