Metaolamga kirish navbati McDonald's-ga keldi

Metaolamga kirish navbati McDonald's-ga keldi

Adidas, Nike, Walmart, Gucci va boshqa taniqli brendlar allaqachon metaolamda kirib kelishdi. Ana endi ular qatoriga McDonald's va McCafe ham qo‘shilmoqda. 

Taniqli fast-fud brendi 4-fevral kuni AQSh Patent va savdo belgilari idorasiga 10 ta tovar belgisi arizasini topshirganligi haqida advokat Josh Gerben o‘z Twitter sahifasida xabar bergan. 

McDonald's arizalarining birida uyga yetkazib berish xususiyatiga ega virtual restoranni onlayn ochish va boshqarish kabi tovar belgisi so‘ralgan. Bunga advokat Josh "Siz metaolamda yuribsiz va qorningiz ochib qoldi. Buning uchun metaolamdan chiqishingiz shart bo‘lmaydi. Shunchaki u yerdagi McDonald's virtual restoraniga borasiz va taom uchun buyurtma berasiz. U birozdan so‘ng uyingizga olib kelib beriladi" deydi. 

Albatta, metaolam NFT'larsiz bo‘lmaydi. McDonald's arizalarining biri multimedia fayllar va NFT'larni yuklab olish uchun ekanligi ham ma’lum bo‘lgan. Shuningdek, kompaniyaning McCafe brendi uchun metaolamda virtual konsertlar va boshqa ko‘ngil ochar xizmatlar ko‘rsatish uchun arizasi bor. 

Josh Gerbenning so‘zlariga ko‘ra keyingi 12 oy ichida siz o‘ylagan deyarli barcha brendlar metaolam uchun arizalar topshiradi va hech kim yangi texnologiyani e’tiborsiz qoldirmaydi. 

O‘QING: Gucci virtual olamga kirib kelmoqda 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!