Metrodagi internet-to‘plamlar endi cheksiz bo‘ldi!

  •   DiMaX
  •  694
  •  10.06.2021 15:56

Metrodagi internet-to‘plamlar endi cheksiz bo‘ldi!

Xabaringiz borki, yaqinda Ucell uyali aloqa operatori O‘zbekistonda ilk bor tijoriy 5G tarmog‘ini ishga tushirgan edi. Mazkur kompaniya yana Toshkent metropolitenida ham aloqa va internet xizmatlarini joriy etgan.

O‘QING: Metroda ham internet bor – atigi 500 so‘mga bir gigabayt!

Kompaniyaning xabar berishicha, bugun – 2021 yilning 10 iyunidan boshlab yer osti metropolitenida amal qiluvchi internet-to‘plamlar cheksiz bo‘lgan:

«Metroda Ucell cheksiz internet-to‘plamlari» xizmatining taqdim etilish shartlari bilan batafsil tanishish uchun mazkur havola orqali Ucell saytiga o‘ting.

O‘QING: Toshkentda metro bekati tablosiga xakerlar nojo‘ya gap yozib qo‘yishdi