Mi 8 flagmanlaridan 6 millionta sotgach, Xiaomi ularni arzonlatib yubordi!

  •   DiMaX
  •  4613
  •  09.10.2018 14:31

Mi 8 flagmanlaridan 6 millionta sotgach, Xiaomi ularni arzonlatib yubordi!

Xiaomi kompaniyasi o‘zining Mi 8 turkumidagi flagmanlaridan jami olti milliondan oshiq miqdorda sotganini e’lon qildi. Bu yerda gap Xiaomi Mi 8, Mi 8 Explorer Edition, Mi 8 SE hamda Mi 8 Lite modellarining umumiy savdosi haqida ketyapti.

O‘QING: Xiaomi Mi 8 Lite taqdim etildi: 204 dollarga flagman dizaynli o‘rtacha smartfon!

Shu bilan birga, «xitoycha Apple» barcha variantlardagi standart Xiaomi Mi 8 smartfoni narxlarini bir xilda – 29 dollarga arzonlatganini ham e’lon qildi.

Tezkor va doimiy xotirasi tegishlicha 6 va 64 gigabaytlik Xiaomi Mi 8 modeli endi 360 dollardan sotiladigan bo‘ldi, uning 128 gigabaytlik versiyasi esa taxminan 400 dollarni tashkil etadi. 450 dollari evaziga esa 6/256 gigabaytlik yoki 8/128 gigabaytlik talqindagi Mi 8 flagmanini olish mumkin.

O‘QING: Xiaomi LEX: sirli smartfonning asl nomi va taqdimot kuni rasman ma’lum qilindi!

Tabiiyki, yuqoridagi narxlar Xitoyning o‘zidagina amal qiladi, boshqa mamlakatlarda esa, tegishli chiqimlari ham hisobga olingan holda, smartfonlar sal qimmatroq narxlanadi. Terashop.uz internet-do‘konimizda Xiaomi Mi 8 flagmanining tezkor/ichki xotirasi 6/64 gigabaytlik talqinini 3 499 000 so‘mga olish uchun mana bu havola orqali o‘tishingiz mumkin. Uning 6/128 gigabaytlik versiyasini esa 3 949 000 so‘m evaziga mana bu yerdan xarid qilish imkoni bor.

Shuningdek, Terashop.uz savdo platformamizdan Xiaomi’ning 849 000 so‘mdan boshlanuvchi boshqa modellardagi smartfonlarini ham onlayn tarzda xarid qilishingiz mumkin. Jumladan, unda «Tezkorlik ustasi» deya tavsiflanuvchi arzon flagmani – Pocophone F1 modeli, shuningdek, eng yangi – Redmi Note 6 Pro fableti ham savdoga qo‘yilgan. Ularning barchasiga bir yillik muddatli rasmiy kafolatga ega ekanligi, onlayn tarzda buyurtma berish, o‘zingizga qulay usulda to‘lov qilish imkoniyatlari hamda O‘zbekiston bo‘yicha bepul eltib berilishi sizga ma’qul keladi.

O‘QING: Terashop.uz’da arzonlashtirilgan Xiaomi Redmi smartfonlarining narxlari (2018 yil 3 oktyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul eltib beriladi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!