Mi A2 kamerasida olingan ilk surat e’lon qilindi

Mi A2 kamerasida olingan ilk surat e’lon qilindi

Avvalboshdanoq aytish joizki, quyidagi surat sifati taassurot uyg‘otadi.

24 iyulda taqdim qilinishi rejalashtirilgan Xiaomi Mi A2 qo‘sh sensorli bosh kamerasi bilan o‘ziga xos. Uning ko‘rinish va imkoniyatlari Xiaomi Mi 6X modeli bilan bir xil. Dasturiy ta’minoti farqli, xolos.

Bosh kamera uchun Sony IMX486 sensori tanlangan va bu modulning yorug‘lik taqsimlovchi qurilmasi f/1.75 standartli hamda Redmi Note 5 Pro kabi bu talqin ham 12 megapikselli aniqligidagi suratlar oladi.

Yordamchi Sony IMX376 sensori esa 20 Mp sig‘imli. Bosh kamerada portret rejimida suratga olishda "sun’iy aql" funksiyasi tatbiq qilingan.

Selfi kamera uchun 20 megapikselli Sony IMX376 sensori tanlangan hamda bu kamera ham svetodiodli fotochaqnoq va "sun’iy aql" funksiyasiga ega bo‘lgan. Ya’ni, sharoitdan kelib chiqib kamera o‘zini sozlay oladi va sifatli suratlar muhrlaydi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!