Mi Band 3’dan ham arzon yangi Mi Band taqdim etildi!

  •   DiMaX
  •  2239
  •  21.11.2019 17:22

Mi Band 3’dan ham arzon yangi Mi Band taqdim etildi!

Xiaomi India bundan bir necha kun avval yangi fitnes-braslet namoyish etishini e’lon qilgandi. Bugun u so‘zining ustidan chiqdi – yangi model Mi Smart Band 3i deb nomlanadi.

O‘QING: Xiaomi har soatda qancha Mi Band 4 sotilayotganini aytdi. Natija hayratlanarli!

Mi Smart Band 3i fitnes-bilaguzugi tashqi ko‘rinishidan Xiaomi Mi Band 3 modeliga o‘xshaydi, ammo funksionalligi jihatidan 2017 yilgi Mi Band HRX Edition devaysini eslatadi. Gap shundaki, Mi Band 3’ga o‘xshatib ishlangan bo‘lsa-da, yangi qurilma yurak qisqarishlari chastotasini o‘lchaydigan datchikdan mahrum etilgan.

Ushbu «aqlli» fitnes-tasma o‘z toifasidagi gadjetlarga xos funksiyalarga ega: u egasini qo‘ng‘iroqlar, xabarlar, rejalashtirilgan ishlar va hokazolardan xabardor qiladi. Bulardan tashqari, u qadamlar va sarflangan kaloriyalar o‘lchagichiga, jismoniy faollik trekeriga, uyquning sifati va davomiyligini kuzatish imkoniga ega. Bitta joyda uzoq o‘tirib qolsangiz, bilaguzuk sizni ogohlantiradi.

O‘QING: Mi Band 4'ga tizim yangilanishi kela boshladi. O‘zgarishlar bilan tanishing

Xiaomi Mi Smart Band 3i namdan himoyalangan (5 ATM), akkumulyatorining sig‘imi 110 mA/soatga teng. Uni to‘liq quvvatlash uchun 2,5 soat zarur bo‘ladi, so‘ng o‘rtacha ishlatishda zaryadi 20 kungacha yetadi. Bluetooth 4.2 LE interfeysi orqali u Android 4.4, iOS 9.0 va ulardan yangi tizimlarda ishlovchi smartfonlarga bog‘lana oladi.

Yangi fitnes-braslet o‘lchamlari 4,68x1,81x1,1 santimetrga teng, 0,78 dyuymlik o‘lchamli, 128x80 piksellik aniqlikdagi AMOLED-ekranga hamda sensor tugmachaga ega. Xiaomi uni faqat qora rangli korpusda, 18 dollardan taklif etyapti. Eslatib o‘tamiz, Mi Band 3 (sotib olish) taqdimot vaqtida 26 dollarga baholangan edi.

Mi Smart Band 3i uchun oldindan buyurtma olish bugunning o‘zidayoq boshlangan, do‘konlarga esa 1 dekabrdan chiqariladi. Terashop.uz internet-do‘konimizda esa har xil fitnes-bilaguzuklar va smart-soatlarni atigi 250 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda xarid qilish mumkin.

O‘QING: «Bilakdagi smartfon» – Mi Watch chiqyapti: «jonli» surat va xususiyatlari

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!