Mi Band 4 arzonlashdi, Mi Band 5 esa endi global versiyada chiqadi!

  •   DiMaX
  •  2272
  •  12.06.2020 16:46

Mi Band 4 arzonlashdi, Mi Band 5 esa endi global versiyada chiqadi!

Xiaomi kecha – 11 iyun kuni Mi Band 5 nomli ideal smart-brasleti rasman namoyish etdi. Xitoyda uni 18 iyundan bozorga chiqarishadi, lekin boshqa mamlakatlarda-chi?

O‘QING: Mi Band 5’ning boshqalardan farqli 7 jihati va yangi rasmlari

Kompaniya oldingi avlod – Mi Band 4 fitnes-brasletini global bozorga Mi Smart Band 4 nomi bilan chiqargan. Xiaomi yangi avlod aqlli bilaguzugining global talqinini ham Mi Smart Band 5 nomi ostida, kelasi oyda chiqarishini rasman e’lon qildi:

Shu bilan birga, ishlab chiqaruvchi kechagi namoyishdan so‘ng o‘z yurtida Mi Band 4 narxini pasaytirdi. Xitoyda uning standart versiyasini avvalgidek 24 emas, balki endi 21 dollarga olish mumkin. Smart-trekerning NFC modulli talqini narxi ham 32 dollardan 25 dollarga tushirilgan.

O‘QING: Xiaomi har soatda qancha Mi Band 4 sotilayotganini aytdi. Natija hayratlanarli!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!