Mi Band 4'ga tizim yangilanishi kela boshladi. O‘zgarishlar bilan tanishing

Mi Band 4'ga tizim yangilanishi kela boshladi. O‘zgarishlar bilan tanishing

Xiaomi Mi Smart Band 4 o‘ziming hamyonbop narxi va keng funksionalligi bilan ajralib turuvchi eng ommabop tasma-soatlardandir.

Bir necha oy oldin taqdim qilingan aqlli tasmaga Xiaomi yangilanish jo‘natmoqda. Yangilanishdan so‘ng tasmada ekran taymauti (displeyning ma’lum vaqt nofaollikdan so‘ng o‘chishi) ni sozlash imkoni paydo bo‘ladi. Foydalanuvchilar ekran taymautini 5—10 soniya oralig‘ida belgilashlari mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, soatning interfeys dizaynlari soni ko‘paytirilib, suzishni kuzatib borish funksiyasi takomillashtirildi.

Birinchilardan bo‘lib Turkiyadagi foydalanuvchilarga kelgan 1.0.7.04 versiyali dastur tez orada boshqa davlatlarga ham taqdim qilinadi.

O‘QING: Samsung Galaxy A70'ga dastur yangilanishi kelishni boshladi. O‘zgarishlar bilan tanishing

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!