Mi Band 5 global versiyada chiqdi: qimmat va muhim bir moduli yo‘q!

  •   DiMaX
  •  953
  •  16.07.2020 16:17

Mi Band 5 global versiyada chiqdi: qimmat va muhim bir moduli yo‘q!

Xiaomi kompaniyasi kecha – 15 iyuldagi onlayn tadbirida bir qator gadjetlarini xalqaro talqinda namoyish etgan. Jumladan, uchta eng arzon – Redmi 9, Redmi 9C hamda Redmi 9A smartfonlarining global versiyalarini taqdim qilgan.

O‘QING: Qaysi smartfonlar ishlatilsa ham narxini ko‘p yo‘qotmaydi?

Mazkur korporatsiya o‘tgan oyda namoyish etgan va «ideal» deb maqtagan Xiaomi Mi Band 5 rusumli aqlli bilaguzugining xalqaro versiyasini ham chiqardi. Global bozorda uni Xiaomi Mi Smart Band 5 nomi ostida sotishadi.

Xitoycha versiyasidan farqli ravishda, global fitnes-braslet NFC chipli talqinda chiqarilmagan. Uning boshqa xususiyatlari mahalliy bozorga chiqarilganidan farq qilmaydi.

O‘QING: Dunyodagi eng ommabop fitnes-braslet qaysi ekanini bilasizmi?

Lekin narxida anchagina farq seziladi – Xiaomi Mi Smart Band 5 uchun Yevropada 39,99 yevro so‘rashadi. Faqat aksiya doirasida dastlabki xaridorlar uni 34,99 yevro evaziga olishlari mumkin.

Taqqoslash uchun: Xitoyda uning NFC modulli versiyasi 32 dollar turadi, mazkur chipga zarurati bo‘lmaganlar esa atigi 27 dollarlik talqinini tanlashlari mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu kompaniya 6 iyul kuni Mi Band 4C smart-brasletini ham namoyish qilgan, lekin u aslida aprelning boshida namoyish qilingan aqlli bilaguzuk – Redmi Band modelining kloni bo‘lib chiqqan. Shuningdek, keyinroq yanada arzon Mi Band 5 Lite va kuchli Mi Band 5 Pro aqlli bilaguzuklari ham chiqishi aytilgan.

O‘QING: Mi Band 5’ning boshqalardan farqli 7 jihati va yangi rasmlari