Mi Band 5 raqibini Samsung tayyorladi – Galaxy Fit 2 sertifikatsiyadan o‘tdi

  •   DiMaX
  •  517
  •  04.08.2020 11:41

Mi Band 5 raqibini Samsung tayyorladi – Galaxy Fit 2 sertifikatsiyadan o‘tdi

Samsung kompaniyasi ertaga – 5 avgust kuni navbatdagi Galaxy Unpacked tadbirini o‘tkazadi. Biz uning rasmiy videosini hamda namoyish qilinadigan oltita turkumdagi gadjetlar ro‘yxatini e’lon qilganmiz.

O‘QING: 6,5" AMOLED displey, to‘rtta kamera va 6,000 mAs akkumulyatorga ega Samsung Galaxy M31s smartfoni taqdim qilindi

Shulardan biri – yangi avlod fitnes-trekeri bo‘lib, Samsung uni Galaxy Fit 2 deb nomlashi kutilmoqda. Ushbu aksessuar birdaniga bir nechta regulyator – FCC, Bluetooth SIG hamda NRRA sertifikatini olgani ma’lum bo‘ldi. Aqlli bilaguzuk ularning ma’lumotlar bazalarida SM-R220 katalog raqami ostida paydo bo‘lgan.

Mazkur fitnes-braslet Xiaomi iyunda taqdim qilgan va «ideal» deb maqtagan Mi Band 5 rusumli aqlli bilaguzukka raqobatchi bo‘ladi. Aytish kerakki, xitoylik kompaniya uning global versiyasini Xiaomi Mi Smart Band 5 modeli sifatida namoyish qilgan.

Galaxy Fit 2 texnik xususiyatlari hozircha noma’lum, lekin bir narsani taxmin qilish mumkin: garchi funksiyalariga ko‘ra u Mi Band 5 bilan raqobatlashsa-da, narxi bo‘yicha baribir qolishadi. Zero, «Xitoycha Apple» ushbu smart-bilaguzugi uchun Yevropada 39,99 yevro miqdorida narx belgilagan. Samsung esa o‘tgan yilgi – birinchi avlod Galaxy Fit modelini ham taxminan 95 dollardan sotyapti.

O‘QING: Dunyodagi eng ommabop fitnes-braslet qaysi ekanini bilasizmi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.