Mi Band 6’ning asosiy xususiyatlari bilan tanishamiz!

  •   DiMaX
  •  1703
  •  25.01.2021 11:26

Mi Band 6’ning asosiy xususiyatlari bilan tanishamiz!

«Xitoycha Apple» o‘tgan yilning iyulida namoyish etgan va «ideal» deb maqtagan Xiaomi Mi Band 5 rusumli aqlli bilaguzuk keyinchalik Xiaomi Mi Smart Band 5 modeli tarzida global bozorga ham chiqqan edi. Kompaniya allaqachon uning davomchisini tayyorlamoqda.

O‘QING: Huami pulsoksimetrli Amazfit Band 5 bilaguzugini taqdim etdi: siz uni taniysiz!

Zepp ilovasining kodida Xiaomi Mi Band 6 fitnes-trekeri haqida qaydlar paydo bo‘ldi. Ular yangi avlod aqlli bilaguzukning bir qator yangi imkoniyatlarini fosh etdi.

Manbaga ko‘ra, Xiaomi Mi Band 6 fitnes-trekerining kodli nomi Pangu bo‘lib, kompaniya uni ikki xil – XMSH15HM va XMSH16HM model raqamli modifikatsiyalarda tayyorlamoqda. Aftidan, bularning birida NFC moduli bo‘ladi, ikkinchisida esa – yo‘q.

O‘QING: Xiaomi Mi Band 4C taqdim etildi: siz uni «taniysiz»!

Mi Band 6 modelining asosiy o‘ziga xosliklari sifatida insayderlar hozirgisiga nisbatan kattaygan ekran, Alexa ovozli yordamchisi hamda yangilangan interfeysni ta’kidlashmoqda. Shuningdek, bu gadjet GPS tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlashini, pulsoksimetr (qonning kislorodga to‘yinganligini aniqlovchi datchik) hamda aqlli taymer – Pomodoro ilovasiga ega bo‘lishini aytishmoqda.

Oldingi modellardan farqli ravishda, oltinchi avlod Mi Band modelida uyqu trekeri bevosita ekranning o‘zida aks etadi. Shundan kelib chiqsak, unda budilnikni ham mobil ilova yordamisiz qo‘ysa bo‘ladi.

O‘QING: Huami Amazfit GTR – naq 74 kungacha quvvatlash talab etilmaydigan smart-soat chiqdi!

Xiaomi Mi Band 6 smart-brasletiga stress darajasini monitoring qilish funksiyasi ham qo‘shilmoqda. Mi Band 5 modelida jismoniy mashqlarning 19 xil rejimi mavjud bo‘lsa, oltinchi avlod vakilida ularning soni 30 taga yetkaziladi. Shuningdek, uning displeyi endi kiruvchi xabarlar matnidagi smayliklarni ham aks ettiradi. Turli ilovalar uchun unda ko‘p miqdorda, har xil original belgichalar qo‘llanadi.

Xiaomi ushbu aksessuarini shu yilning bahori yoki yozida taqdim etishi kutilmoqda, narxi hozircha noma’lum.

O‘QING: OnePlus ilk taqiluvchi gadjetini chiqardi: Mi Band 5’ning arzon kushandasi! (+video)