Mi Band 7 smart bilaguzugi taqdim etildi

Mi Band 7 smart bilaguzugi taqdim etildi

Kecha Xiaomi kompaniyasi Mi Band 7 smart bilaguzugi bilan bir qatorda Redmi Buds 4 va Buds 4 Pro quloqchinlarni taqdim etdi. 

Mi Band 7 

Mi Band 7'ning ekrani 1.65 dyuymdan 1.62 dyuymga oshdi. Ekran rezolyusiyasi 490x192 pikselni tashkil qilib, endi unda Always-on display funksiyasidan tanlov sifatida foydalanish mumkin. 

Shuningdek, ekranning foydalanish mumkin bo‘lgan hududi 25% ga kattalashdi. Qondagi kislorodni aniqlash sensori ham takomillashdi. 

Jami 120 ta mashg‘ulot rejimi, to‘rtta professional sport rejimi, mashqlarni avtomatik aniqlash, do‘stlar bilan musobaqalar o‘tkazish imkoniyati va boshqalar bilan fitnesni kuzatish funksiyalari ham yaxshilandi. 

Xiaomi'ning takidlashicha, 180 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘lgan qurilma 14 kun ishlab bera oladi. Bu katta ehtimol bilan Always-on display funksiyasi o‘chiq bo‘lgan holatdagi natija bo‘lishi kerak. To‘liq quvvatlanish uchun bilaguzuk 2 soat vaqt sarflaydi. 

Mi Band 7 modelining narxi taxminan 35 dollarni tashkil qiladi. Qurilmaga oldindan buyurtma berish kechadan boshlangan. Uning NFC modeli bilan esa kontaktsiz to‘lovlarni amalga oshirish mumkin. 

Redmi Buds 4  va Buds 4 Pro 

Redmi Buds 4 Pro smart shovqinni qaytarish funksiyasiga ega. Shuningdek, unda IP54 standarti bo‘lib, u quloqchinni suv tomchilaridan himoya qiladi.

Kompaniya bergan ma’lumotlarga ko‘ra, quloqchin shovqinni qaytarish funksiyasi o‘chiq bo‘lganda 9 soat ishlab bera oladi. Quti esa quloqchinni 36 soatga yetadigan quvvat bilan ta’minlaydi. 

Redmi Buds 4 Pro qora va oq ranglarda taqdim etildi. Uning narxi taxminan 56 dollarni tashkil qiladi. 

Redmi Buds 4 ham shovqinni qaytarish funksiyasiga ega. Biroq uning darajasi Pro modelchalik yuqori emas. Qurilmaning qutisi quloqchinlarni 30 soatga yetadigan quvvat bilan ta’minlaydi. 

Redmi Buds 4 ko‘k va oq ranglarda taqdim etildi. Uning narxi taxminan 30 dollarni tashkil qiladi. Ikkala modeldagi quloqchinlarga oldindan buyurtma berish mumkin. 31 maydan esa ular o‘z egalariga yetkazib beriladi. 

Mi Band 7, Redmi Buds 4 va Buds 4 Pro qurilmalari keyinroq xalqaro bozor uchun sotuvga chiqadi. 

O‘QING: Redmi Note 11T Pro va Note 11T Pro+ smartfonlari taqdim etildi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!