Mi Mix 4, Mi 9S va MIUI 11 taqdimot sanasini Xiaomi ma’lum qildi!

  •   DiMaX
  •  1535
  •  04.09.2019 09:44

Mi Mix 4, Mi 9S va MIUI 11 taqdimot sanasini Xiaomi ma’lum qildi!

«Xitoycha Apple» rasmiy forumida kompaniyaning dasturiy ta’minot bo‘limi rahbari Xiaofan niki ostida ishtirok etib kelmoqda. Kuni kecha u mazkur forumda Xiaomi smartfonlari uchun MIUI 11 grafik qobig‘ining namoyish sanasini aytdi.

O‘QING: Bugun MIUI'ning tug‘ilgan kuni! U necha yoshga to‘ldi?!

Unga ko‘ra, Android 10 operatsion tizimi bazasidagi MIUI 11 grafik qobig‘i 24 sentyabr kuni Shanxay shahrida bo‘lib o‘tadi. Undan oldingi versiyadagi grafik qobiq uchun MIUI 10 9.8.29 beta-talqini yakuniy versiya bo‘lib qoladi.

Xiaomi ayni damda o‘z fanatlari orasida lotereya o‘tkazmoqda va unga yutuq tarzida ushbu taqdimot marosimi biletlarini taqdim etadi. O‘yin g‘oliblari 5 sentyabrda ma’lum bo‘ladi, keyin esa kompaniya yangi mahsulotlarining tizerlarini tarqata boshlaydi.

O‘QING: Tadqiqot: Qaysi smartfonlar eng uzoq vaqtgacha operatsion tizimi yangilanib turadi?

24 sentyabrdagi marosimda faqatgina MIUI 11 emas, balki kamida ikkita smartfon ham taqdim etilishi kutilmoqda. Bulardan biri – kamerasi naq 108 megapiksellik datchikni o‘z ichiga olgan Xiaomi Mi Mix 4 kamerofoni bo‘lsa, ikkinchisi Xiaomi Mi 9S rusumli, dunyodagi eng arzon 5G-smartfondir.

Hozirgacha global savdoga chiqqan aksariyat Xiaomi telefonlarini esa Terashop.uzinternet-do‘konimizdan atigi 670 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda xarid qilish mumkin.

O‘QING: Xiaomi dunyodagi eng antiqa smartfonni sota boshladi – atigi 69 dollardan! (+«jonli» video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.