Microsoft 32 bitli Windows'ni «qabrga qo‘ydi»

Microsoft 32 bitli Windows'ni «qabrga qo‘ydi»

2004 versiyali Windows 10 chiqarilganidan so‘ng Microsoft kompaniyasi 32 bitli OEM sborkalarini to‘xtatganini ma’lum qildi (bu yerda kompyuter va leptoplarga avvaldan o‘rnatilgan dasturiy ta’minot haqida gap ketmoqda).

Yangilangan talablarga muvofiq, barcha yangi shaxsiy kompyuterlar faqat tizimning 64 bitli versiyasi bilan ishlaydi.

Ayni damda, 32 bitli Windows 10'ning mavjud foydalanuvchilari hech narsadan xavotirlanmasalar ham bo‘ladi: kompaniya eski kompyuterlar uchun xavfsizlik yangilanishlari va yangi funksiyalarni chiqarishni davom ettirishni va’da qilmoqda.

Ammo bu yangilik 32 bitli Windows 10'ni eski dasturiy ta’minotga aylantirdi va kompaniya uni qachongacha qo‘llab-quvvatlashini vaqt ko‘rsatadi.

2004 raqamli versiya allaqachon dasturchilar va uskunalar ishlab chiqaruvchilari uchun mavjud; foydalanuvchilarga esa 28-maydan taqdim etiladi.

O‘QING: Windows’ning ko‘pchilik bilmaydigan uchta qulay funksiyasi