Microsoft Android tomonga kengaymoqda

Microsoft Android tomonga kengaymoqda

Microsoft va ASUS kompaniyalari hamkorlikni oshirishlari haqida e’lon qilishdi. Yangi bitim bir qancha patentlarni birgalikda litsenziyalashni va tijoratda yanada yaqin hamkorlikni o‘z ichiga oladi. Gap ASUS qurilmalarida Microsoft mahsulotlari paydo bo‘lishi haqida ketmoqda.

Kelishuv doirasida Tayvan kompaniyasining smartfon va planshetlariga Microsoft Office dasturiy ilovalari o‘rnatilib, savdoga chiqarilishi ko‘zda tutilgan. Shu bilan bir qatorda kompaniyalar “yangi innovatsion xulosalar va mahsulotlar ustida ishlash” rejalari haqida e’lon qildi. Microsoft va ASUS vakillari hamkorlikda olis istiqbollarni ko‘zlamoqda.

Esda tutish kerakki, ASUS Microsoft o‘zining dasturiy ilovalarini tarqatish uchun kelishuvga erishgan birinchi kompaniya emas. Samsung kompaniyasining bir nechta smartfon va planshetlari Microsoft Office dasturiy ilovalaridan foydalanishadi. Microsoft dasturlariga xaridorlar safiga Cyanogen OS kompaniyasini ham qo‘shsa bo‘ladi.

Bu yilda Microsoft mahsulotini hatto Apple qurilmalarida ham uchratish mumkin bo‘lib qoldi: Office dasturi iPad Pro gadjetida reklama qilinmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!