Microsoft antiqa reklama roligida navbatdagi Windows namoyish kunini aytib, nomiga ishora qildi

  •   DiMaX
  •  563
  •  11.06.2021 11:58

Microsoft antiqa reklama roligida navbatdagi Windows namoyish kunini aytib, nomiga ishora qildi

Build 2021 konferensiyasi doirasida Microsoft korporatsiyasi yetakchisi tez orada «Windows’ning yangi avlodi» chiqishini e’lon qilgan edi. Satya Nadella keyingi paytlarda shaxsan o‘zi shu tizimdan foydalanayotganini, uning zo‘rligidan hayratga tushayotganini aytgan.

O‘QING: Litsenziyasiz Windows hamda Office ishlatgan ayol 3600 yevro jarima va 6 oylik qamoqqa hukm etildi

Korporatsiya rahbari yangi avlod operatsion tizimining nomini ataylab aytmagan, biroq uning reliz kuni e’lon qilingan reklama tizerida bunga ishora mavjud. Mazkur rolikda oldingi avlod – Windows 95, Windows XP hamda Windows 7 tizimlarining ishga tushish tovushlari maxsus sekinlashtirib berilgan.

Ushbu lavhada yangi avlod operatsion tizim nomiga ishora mavjud – u roppa-rosa 11 daqiqa davom etadi. Shundan kelib chiqadigan bo‘lsak, Microsoft mazkur mahsulotini Windows 11 deb atamoqda.

Bundan tashqari, tizimning 24 iyunga belgilangan taqdimot marosimi Sharqiy Yevropa vaqti bilan soat 11:00 da boshlanadi. Namoyishga taklifnoma esa derazadan tushgan nur shakli 11 sonini eslatadi.

O‘QING: Windows’da ishlashni osonlashtiruvchi 12 ta tugmachalar kombinatsiyasi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!