Microsoft biryo‘la ikkita tizim chiqaryapti: Windows 11 SE versiyasi ham tayyor!

  •   DiMaX
  •  411
  •  17.06.2021 11:01

Microsoft biryo‘la ikkita tizim chiqaryapti: Windows 11 SE versiyasi ham tayyor!

24 iyun kuni Microsoft korporatsiyasi Windows 11 operatsion tizimini taqdim etishi aniq bo‘lgan. Insayderlar esa allaqachon uning obrazini tarqatishgan: yangi tizim videosini, oboylarini va ularni yuklab olish havolasini kuni kecha e’lon qilganmiz.

O‘QING: Windows 10 «dafn etiladigan» aniq kunni Microsoft rasman aytdi

XDA-Developers mutaxassislarining e’lon qilishlaricha, kompaniya faqatgina Windows 11 bilan cheklanib qolmoqchi emas. Microsoft uning yengillashtirilgan versiyasi – Windows 11 SE operatsion tizimini ham tayyorlagan.

Windows 11 SE talqini, aftidan, Windows 10 Cloud operatsion tizimining izdoshi bo‘ladi. Muayyan cheklovlarga ega bo‘lgan ushbu tizimdan foydalanish uchun Microsoft akkaunti talab etiladi.

Darvoqe, litsenziyasiz Windows hamda Office ishlatgan ayol 3600 yevro jarima va 6 oylik qamoqqa hukm etilganidan xabaringiz bormidi?

O‘QING: Kompyuter va noutbukda ishni qulaylashtiruvchi beshta bepul dastur