Microsoft`dan yirik ekranli yangi telefonlar

Microsoft`dan yirik ekranli yangi telefonlar

Amerikaning Microsoft kompaniyasi o‘zining yirik ekranli Nokia 230 va Nokia 230 Dual SIM telefonlari haqida ma’lum qildi.

Microsoft kompaniyasi avvalroq Lumia smartfonlarida finland brendi nomi(Nokia)ni rad qilgandi, ammo hozir shu nom ostida telefonlar ishlab chiqarmoqda.

Tavsif

Nokia 230 va Nokia 230 Dual SIM telefoni ko‘rsatish qobiliyati 320x240 piksel bo‘lgan 2,8-dyuym displey, 32 GBgacha xotira kartasini “ko‘tara oladigan” maxsus joy va 2-megapiksel qo‘sh kameraga ega va har ikkala kamera ham svetodiodli chaqnoq(vspishka) bilan boyitilgan.

Yangi qurilmalarning orqa qismi alyumin qopqoqli va gadjetlar oq hamda qora rangdagi korpusda chiqariladi. Qurilmaning uzunligi 124,6x53,3x10,9 mm, og‘irligi 91,8 gramm.

Quvvati

Kompaniyaning ishontirishicha, telefon akkumulyatori 1200 mAs va shuncha quvvat bilan bemalol 23 soat gaplashish mumkin. Ikki sim kartali varianti esa 22 soatgacha xizmat qiladi.

Ilovalar

Yangi qurilma bonuslarga ega, ya’ni oyiga bir marotaba Gameloft kompaniyasidan bepul o‘yin yuklab olish mumkin. Masalan, Assassin’s Creed Brotherhood va Midnight Pool 3 kabilarni. Telefonga Opera Mini brauzeri va Microsoft dasturlari o‘rnatilgan. Qidiruv uchun Bing Search va MSN Weather ma’lumotlar ilovasi ham mavjud.

Narx

Nokia 230 va Nokia 230 Dual SIM telefonlariga 55 dollar atrofida narx qo‘yiladi hamda Hindiston, Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlarida dekabr oyidan, boshqa bozorlarda esa 2016 yildan sotuvga chiqariladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.