Microsoft ko‘pchilikni xafa qiladigan xususiyatni sinamoqda

Microsoft ko‘pchilikni xafa qiladigan xususiyatni sinamoqda

Insayderlar uchun Windows 11'ning so‘nggi 22572 versiyasida Florian ismli foydalanuvchi Redmondlik kompaniya File Explorer'ga reklamalarni qaytarayotganligini payqab qoldi va fayl menejerida chiqqan reklama banneri skrinshotini ulashdi.

Ko‘rish mumkinki, bannerda Microsoft'ning Editor - aqlli grammatika va imlo yordamchi xizmati reklama qilinmoqda va bundan bilish mumkinki, kompaniya oldingidek faqat o‘z mahsulotlarini reklama qilmoqda. Florian'ning xabar berishicha, reklama faqat bir marta chiqqan, shuningdek, u allaqachon Editor xizmatidan foydalanishi va bu reklamani o‘zi uchun noto‘g‘ri ekanligini aytgan.

Ko‘pchilik Windows 10 foydalanuvchilari bilishadiki, Microsoft 2016 2017 yillarda o‘zining fayllar menejeri dasturi, File Explorer'da o‘z xizmatlaridan biri, OneDrive'ga qaratilgan reklamalarini chiqargandi.

Microsoft File Explorer bilan to‘xtab qolmagan. Ikki yil oldin Wordpad dasturida ham Office ilovalari reklama qilingan edi.

Undan tashqari Microsoft Edge brauzeri har safar Start menyusi qidiruvidan foydalanganingizda sizga reklama qilinadi.

Hozircha File Explorer reklamalari chiqarilishi, ularni o‘chirish mumkin bo‘lishi yoki bo‘lmasligi haqida ma’lumotlar mavjud emas. Bundan avval Microsoft Windows 11 File Explorer'iga tab'lar xususiyati qaytarayotganligi haqida xabar berilgan edi.

O‘QING: Windows'ga ichki o‘rnatilgan ilovalar yana ikkitaga ko‘paydi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!